Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Xoland, Verner, Nkunku yoxud Rangnikka kimlar kerak?

Xoland, Verner, Nkunku yoxud Rangnikka kimlar kerak?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bir necha kun ilgari nemis mutaxassisi Ralf Rangnik "Manchester Yunayted"da ish boshlashi e’lon qilindi. Avvaldan futbol ichida yurgan seleksioner "qizil iblislar" jamoasiga kimlarni taklif qilishi mumkinligi haqida quyidagi maqolamizda fikr yuritib ko‘ramiz.

Aslida Rangnik allaqachon klubda islohotlarni boshlab yuborgan. "Bild" nashri xabariga ko‘ra, Ralf "Manchester Yunayted" rahbariyatiga asosiy transfer rejalarini e’lon qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, u Manchesterga o‘z vaqtida mashhur bo‘lgan "Red Bull" tizimining eng yaxshi bitiruvchilarini olib kelmoqchi.

U kimlarni sotib olmoqchi?

Xabar qilinishicha, asosiy maqsadlardan biri – Timo Verner. 25 yoshli hujumchi Rangnik qo‘l ostida uzoq vaqt davomida ajoyib o‘yinlar namoyish qilgan va Bundesliganing eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lgan. Angliya chempionatida esa Vernerning omadi yurishmadi. Nemis futbolchisi "Chelsi" bilan birga Chempionlar ligasida zafar quchishgan bo‘lsa-da, u individual miqiyosida o‘zini ko‘rsata olmadi. 53 million yevroga sotib olingan futbolchi APLning 35 o‘yinida bor yog‘i 6 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Albatta, "aristokratlar" rahbariyati va muxlislar Timodan ko‘proq narsa kutishgan edi.

Joriy mavsum ham Vernerning o‘yinida deyarli o‘zgarish yo‘q. Angliya Premyer-ligasining 14 turidan so‘ng turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Chelsi"ning g‘alabalarida uning hissasi juda kam: 8 o‘yin, 1 gol. Rangnik esa futbolchi bilan qanday ishlash kerakligini biladi va uni Manchesterga olib kelmoqchi. Xabarlarga ko‘ra, hujumchiga "Manchester Yunayted"dan tashqari "Borussiya D" va "Bavariya" ham takliflar bor. Yakuniy qarorni esa Timoning o‘zi qabul qiladi.

Shuningdek, nemis mutaxassisi Vernerdan tashqari "qizil iblislar" safiga ikki "Leypsig" futbolchilarini taklif qilmoqchi. Ular – Kristofer Nkunku va Amadu Aydara.

Nkunku Jessi Marsh boshchiligidagi "buqalar"ning haqiqiy yetakchisi. U birgina Chempionlar ligasidagi jamoasi kiritgan 13 goldan 8 tasida ishtirok etgan. Futbolchining o‘yini tezkorlik bilan rivojlanishi natijasida uning narxi bir yilda 47 million yevroga qadar ko‘tarildi. Nkunkuni MYUdan tashqari "Real" va PSJ ham o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Amadu Aydaraning transfer narhi esa bor yo‘g‘i 23 million yevroga baholagan va unga faqatgina "Manchester Yunayted" da’vogarlik qilmoqda.

Rangnikning klub transfer bozorida oldiga qo‘ygan eng oliy maqsadi Erling Xolandni qo‘lga kiritish bo‘lib turibdi. To‘g‘ri "Borussiya D" norvegiyalik "qotil"ni qo‘yib yuborish niyati yo‘q, ammo jamoa uchun foydali takliflar bu qarorni o‘zgartirishi mumkin. Xoland uchun asosiy da’vogar "Real Madrid" hisoblanadi. Ammo Rangnik futbolchining otasi (bir vaqtning o‘zida agenti) bilan yaxshi tanishligi, Erlingning navbatdagi manzilini o‘zgartirishiga turtki bo‘lishi mumkin.

U kimlardan qutulmoqchi?

Yangi transferlar uchun joy topish va moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish uchun ham klub o‘zining bir necha futbolchilari bilan xayrlashishga to‘g‘ri keladi. Qishning o‘zida jamoani tark etish uchun asosiy da’vogar futboli – Donni van de Bek. "Ayaks"dan MYU safiga kelib qo‘shilgan iqtidorli yarim himoyachi hozirda deyarli o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Bu esa tabiyki futbolchiga yoqmayapti. U jamoani tark etish uchun hattoki o‘z agentini ham almashtirishga ulgurdi. Ayni vaqtda unga Yevropa grandlari "Yuventus", "Real" va "Barselona"dan tashqari "Arsenal" va "Vulverxempton" kabi jamoalardan ham takliflar borligi haqida mish-mishlar mavjud.


Shuningdek, hozirda arab shayhlari qo‘liga o‘tgan "Nyukasl" Manchesterning bira to‘la ikki nafar zahirasida qolib ketayotgan futbolchilari Jessi Lingard va Din Xendersonni o‘z safiga qo‘shib olish istagida yurganliklarini yashirishmayapti.

Van nihoyat, klubdan ketishi kutilayotgan yana bir o‘yinchi Antoni Marsyal hisoblanadi. Fransiyalik "Oltin bola" hech qachon "qizil iblislar" safida o‘zini yaqqol yetakchiligini ko‘rsata olmagan. To‘g‘ri, bir necha o‘yinlarda fantastik o‘yinlari bilan yodda qolgan bo‘lishi mumkindir, ammo u hech qachon yulduzga aylanmadi. O‘tgan mavsum 22 o‘yinda maydonga tushgan Antoni bor yo‘g‘i 4ta gol urishga erishgan bo‘lsa, joriy yilda uning hisobida 1ta gol bor. Futbolchining o‘zi faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi. U uchun hozirda eng yaqin variant "Yuventus" bo‘lib turibdi.

****

Xullas kalom, nemis mutaxassisi qo‘l ostida jamoada butunlay boshqa tizim o‘rnatiladigandek, go‘yo. Rangnikning futbol bo‘yicha bilim va tajribalari qay darajada klubni o‘zgartirishi mumkin degan savolga esa yaqin bir necha oylarda javob olamiz. Hozircha esa faqat kuzatamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:21, 02.12.2021.
O'qildi: 4513 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.