Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/10 15:00 Vissel Kobe 2-1 Shandong Taishan
02/10 15:00 Yokogama Marinos 4-0 Ulsan Xyonde
02/10 15:00 Tep Han Nam Din 0-0 Bangkok Yunayted
02/10 17:00 Tampines Rovers 3-1 Li Man
02/10 19:00 Ravshan 0-1 Al-Vakra
02/10 19:00 Oltin Asr 0-1 Xolidiya
02/10 19:00 Nasaf 2-1 Shabab al-Ahli
02/10 20:00 Ukraina 2-3 Braziliya
02/10 21:00 Al-Hussayn 1-1 Kuvayt SK
02/10 21:45 Jirona - Feyenoord
02/10 21:45 Shaxtyor - Atalanta
02/10 23:00 At-Ta'vun - Al-Quva al-Javiya
02/10 23:59 Shturm - Bryugge
02/10 23:59 Aston Villa - Bavariya
02/10 23:59 Dinamo Zagreb - Monako
02/10 23:59 Lill - Real Madrid
02/10 23:59 Liverpul - Bolonya
02/10 23:59 RB Leypsig - Yuventus
02/10 23:59 Benfika - Atletiko
03/10 20:00 Fransiya - Argentina
04/10 21:30 Napoli - Komo
04/10 23:45 Verona - Venetsiya
05/10 00:00 Leganes - Valensiya

APL joriy mavsumidagi eng kreativ futbolchi «Liverpul» safida o‘ynamoqda, u himoyachi!

APL joriy mavsumidagi eng kreativ futbolchi «Liverpul» safida o‘ynamoqda, u himoyachi!

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning yildan yilga muhim figuralaridan biriga aylanib borayotgan Trent Aleksandr Arnoldning muxlislari ham shunga mos ravishda ko‘payib bormoqda. Bugun u xususda so‘z yuritamiz.

Darhaqiqat, joriy mavsum Arnoldning o‘yinida o‘sish kuzatildi. U ayni dam jahonning eng qimmat o‘ng qanot himoyachisi hisoblanadi. Bundan tashqari, Trent «Liverpul»ning eng qimmat uch futbolchilari qatoridan ham joy olgan, eng qimmat ingliz futbolchilari reytingida 7-o‘rinni egallab turibdi.

 

Uning bu boradagi eng yaqin ta’qibchisi Harri Maguayr - 12-o‘rinda va qahramonimizdan 25 millionga arzonroq. Transfermarkt portali «qizillar» a’zosini 75 million yevroga baholagan. Xo‘sh, sizningcha bu angliyalik futbolchiga nisbatan baland narxmi? Aslo. Buni Premyer-liganing joriy mavsumini kuzatib kelayotgan muxlislar juda yaxshi bilishadi. U ayni dam APLdagi eng kreativ himoyachilardan biri bo‘lib turibdi. Yo‘q deysizmi? - unda quyidagi ma’lumotlarni bilib olish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Joriy mavsumda Aleksandr-Arnold APLda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta golga assistentlik qildi. O‘tgan mavsumda futbolchi ushbu natijani qayd etish uchun naq 36 ta uchrashuvda maydonga tushishiga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, inglizda Chempionlar ligasida ham 3 ta golli uzatma mavjud. Jami: barcha turnirlarda u 14 ta o‘yinda 10 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Bu borada Trent «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba bilan Premer-liganing eng yaxshi assistentlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Ushbu reytingda uning jamoadoshi Muhammad Saloh birinchi o‘rinda (8ta). Biroq misrlik yulduz jamoadoshidan 2 ta ko‘p o‘yin o‘tkazgani e’tiborga molik.

 

Darvoqe, Trentning yuqori saviyadagi o‘yinlari tasodifiy hol emas. O‘tgan mavsumda «Liverpul» tarbiyalanuvchisi o‘ziga o‘xshamadi. Biroq 2019/20 yilgi mavsumda Aleksandr-Arnold 14 ta golli uzatmani amalga oshirib, ligada Kevin De Bryuynedan keyin ikkinchi eng yaxshi assistentga aylandi. Undan avvalgi mavsumda esa 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Joriy mavsum Trent asta-sekinlik bilan avvalgi darajasiga qaytmoqda.
Avgustdan beri Arnold raqiblari darvozasi yonida jami 8 ta golli vaziyat yaratgan. Bu esa Bruno Fernandesh (6) va Kevin De Bryuyne (4)lardan ko‘proq degani. XG har bir o‘yinga o‘rtacha 1,72 tadan to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa uning faoliyatidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. O‘tgan mavsum bilan solishtirganda, futbolchi to‘p uzatishlar aniqligi (80,8% / 79,4%), har bir o‘yindagi long bollar soni (5,8 / 4,2), qisqa uzatmalar (2,4 / 1,9), har bir o‘yindagi umumiy uzatmalar (68,6 / 66,1) kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sishga erishgan.

Bularning barchasi Aleksandr-Arnoldning nafaqat himoyada, balki hujumda ham jamoasiga katta yordam berayotganidan dalolat beradi. «Liverpul» bu mavsumda o‘rtacha 28% hujumlarni markazdan, 32%ini Endryu Robertsonning chap qanotidan va 40%ini Trent orqali o‘ng qanotdan amalga oshirdi.

Angliyalik futbolchi Muhammad Saloh bilan tandemda yaxshi ishlaydi. O‘ng qanot himoyasi pozisiyasida mersisaydliklar safida Neko Uilyams ham mavjud. Ammo yosh uelslik futbolchining bu amplua uchun kurashda g‘alaba qozonish imkoniyatlari hali pastroq. «Liverpul» APLda eng ko‘p golli vaziyat yaratish bo‘yicha 2-o‘rinda turibdi. Faqat «Manchester Siti» bu borada «qizillar»dan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. Albatta, bunda Arnoldning hissasi katta. U shu kungacha 755 ta uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari, u raqib jarima maydonchasi ichiga bevosita 9 ta aniq uzatmalarni amalga oshirgan.

Bu «Liverpul»ning har qanday yarim himoyachisidan ko‘proq degani. Trent Premyer-ligada allaqachon 40 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U bu ko‘rsatkichga erishgan Premyer-liga tarixidagi uchinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Ueyn Runi 2-o‘rin va Sesk Fabregas 1-o‘rinni band etgan.

2002/2003 yilgi mavsumda «Arsenal» sobiq hujumchisi Tyerri Anri 20 ta golli uzatmani amalga oshirib, liga rekordini o‘rnatgan edi. 2019/20 yilgi mavsumda esa De Bryuyne fransuzning rekordini takrorlashga muvaffaq bo‘lgan.

Arnoldchi? U tarixni qayta yoza oladimi?

1 mavsumdagi golli uzatmalar soni bo‘yicha APLning yagona o‘yinchisi bo‘lish uchun 23 yoshli himoyachida hali vaqt bor.

Angliyada Garet Sautgeyt o‘ng qanot himoyasi borasidagi tanlovda boshi qotgan. «Chelsi» a’zosi Ris Jeyms Trentga asosiy raqobatchilardan biri hisoblanadi. Jeyms Tomas Tuxel boshchiligida katta yutuqlarga erishmoqda, ammo baribir Arnoldga raqobat qilishda unga hali vaqt bor. Trent allaqachon «Liverpul»ning to‘liq shakllangan futbolchisi va terma jamoada Kayl Uokerning o‘rniga mas’uliyatni bo‘yniga olishga tayyor.

Kiritildi: 23:16, 02.12.2021.
O'qildi: 2558 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.