Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

“Bunyodkor” Xorvatiyaga boradi

“Bunyodkor” Xorvatiyaga boradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kuni kecha Xorvatiya Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha elchisi Refik Shabanovich “Bunyodkor” futbol klubi mehmoni bo‘ldi.

Deyarli ikki oylik muzokaralardan so‘ng poytaxtimizga tashrif buyurgan martabali mehmonni “Bunyodkor” futbol klubi direktori Ulug‘bek Mirzayev va bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov kutib oldilar. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida futboli rivojlanish istiqbollari jihatidan O‘zbekistonga yaqin bo‘lgan Xorvatiyaning ish uslubini o‘rganish, Xorvatiyaning so‘nggi o‘n yillikda amalga oshirgan shiddatli o‘zgarishlari, akademiyalarida tarbiyalangan iqtidorli o‘yinchilar Angliya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniyada raqobatlashish darajasiga chiqqani misol tariqasida bayon qilingan. Aytish kerak, Refik Shabanovichni “Bunyodkor” futbol klubiga taklif etilishi davlatimiz rahbarining ushbu farmoni ijrosi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlardan navbatdagisi deyish mumkin.

Martabali mehmon tashrifi davomida “Bunyodkor” stadionini va muzeyini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. “Sport va madaniyatdan boshqa soha xalqlarni bir-biriga bunchalik tez yaqinlashtira olmaydi”, - dedi uchrashuv davomida Refik Shabanovich hamda jamoamiz bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha amaliy harakatlar sari dadil qadam tashlab berdi. Xususan, 2022 yildagi milliy terma jamoalarning FIFA kunlarida Xorvatiyaning mashhur klublari – “Dinamo” (Zagreb) yoki “Xayduk” (Split) o‘rtoqlik uchrashuvi uchun Toshkentga tashrif buyurishi bo‘yicha muzokaralar boshlab yuborildi. Elchining so‘ziga ko‘ra, “Bunyodkor” o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘yicha ikki-uch xil variantdagi muddatlarni ma’lum qilsa, Xorvatiya tomon bu sanalarni o‘rganib chiqishini ta’kidladi. Qolaversa, “Bunyodkor” asosiy jamoasi yozgi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Xorvatiyada o‘tkazishi bo‘yicha ham so‘z bordi. Jumladan, yig‘inni shundoqqina Xorvatiyaga tutash Adriatika dengizi qirg‘oqlarida joylashgan dam olish maskanlarida o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, aholisi to‘rt milliondan ziyodroq mamlakatga bir yilda 21 millionga yaqin turistlar tashrif buyurishi, mehmonlarning deyarli barchasi Adriatika dengizi sohillarida dam olishni xush ko‘rishlari butun dunyoga ma’lum.

Ta’kidlaganimizdek, Refik Shabanovich bu kabi uchrashuvlarda o‘rtaga qo‘yiladigan masalalar hayotga ko‘chishi uchun dastlabki qadamlarni tashladi. Xususan, “Bunyodkor” akademiyasining ikki-uch xil yosh toifasidagi jamoalari 2022 yili o‘tkaziladigan an’anaviy “Dalmatinko Cup” turniriga rasmiy taklif oldilar. 2022 yilning 2-15 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan turnirda 13-18 yoshdagi o‘smirlar jamoalari qatnashadi. 2022 yilgi musobaqaga “Shturm” (Avstriya), “Sabah” (Malayziya), “Olimpiya” (Sloveniya), “Jeleznichar” (Bosniya), “Riyeka” (Xorvatiya), “Spartak” (Serbiya), “Karpati” (Ukraina), “Okjetpes” (Qozog‘iston) kabi jamoalar taklif etilishgan.

Xorvatiyadek futboli rivojlangan yurt bilan “Bunyodkor”ning hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi bu juda katta loyiha deb o‘ylayman. Albatta biz loyihaga tish-tirnog‘imiz bilan qattiq yondoshamiz hamda O‘zbekiston-Xorvatiya futbol hamkorligini chiroyli va yuqori darajaga olib chiqishga bel bog‘lab harakat qilamiz. 2022 yil o‘zbek futboli muxlislarini xursand qilgan holda Toshkentda Xorvatiyaning yetakchi klublarining biri bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ma’lumki, “Dinamo” va “Xayduk” jamoalarining akademiyalari rivojlanganligini barcha biladi. Nasib qilsa, “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchilarini Xorvatiyaga jo‘natib, malaka oshirishlarini ta’minlash bo‘yicha ham ish olib boramiz. O‘ylaymanki, “Bunyodkor”ning Xorvatiya bilan o‘zaro hamkorligi o‘zbek futbolining yutug‘iga aylanadi va milliy terma jamoamizga iqtidorli o‘yinchilar yetishib chiqishiga zamin yaratadi”, - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi “Bunyodkor” futbol klubi direktori Ulug‘bek Mirzayev.

Manba: Бунёдкор матбуот хизмати
Kiritildi: 06:30, 03.12.2021.
O'qildi: 2177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.