Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev «Paxtakor»ni qanday o‘yin orqali mag‘lub etish mumkinligini aytdi

Ro‘ziqul Berdiyev «Paxtakor»ni qanday o‘yin orqali mag‘lub etish mumkinligini aytdi

Baho:
+ | -

Ertaga O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkentning «Paxtakor» va «Nasaf» jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Bugun o‘yindanoldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda «ajdarlar» ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqashdi.

- Mavsumni «Paxtakor»ga qarshi o‘yin bilan boshlagan edik, buni qarangki, mavsum yakunida ham aynan ushbu ikki jamoa to‘qnash kelmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Ikki jamoaning saviyasi, darajasi buni ko‘rsatib turibdi. Shunday ekan, ertaga maydonda shijoat, mahorat va kurash ko‘ramiz.

«Paxtakor» haqida ortiqcha gapirishning hojati yo‘q. Jamoa tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar jam bo‘lgan. Uchrashuvga ruhiy va jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. G‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Bu mavsum Superliga, O‘zbekiston kubogi va OFK kubogida 40 ga yaqin o‘yinda maydonga tushdik. Bilasiz, mavsum avvalida tarkibda o‘zgarishlar ko‘p bo‘ldi va shu bois oldimizga chempionlik yoki kubokni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilmagan edi. Shunday bo‘lsada, ketganlarning o‘rnini yosh futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qildik, o‘z o‘yinimizni yo‘qotmadik. Ko‘rib turganingizdek, uchta frontda ham yomon natija qayd etmadik.

Ertaga Cheranning ham, Stanoyevichning ham yo‘q ekanligi birdek sezilsa kerak. Kubok doirasida «So‘g‘diyona» va AGMKga qarshi bahslar oralig‘ida Marko Draganning bilan uchrashish  maqsadida javob so‘ragan edi. Balki, ikkala futbolchi finalda o‘ynamaslik to‘g‘risida o‘zaro kelishib olishgandir (kuladi). Ular qalin do‘st. Stanoyevich finalda o‘ynashni juda istagan edi. Ikkala jamoa uchun bu katta yo‘qotish bo‘ladi.

«Paxtakor»ga mavsum davomida uch bor mag‘lub bo‘ldik. Biz o‘sha bellashuvlarni qayta ko‘rib chiqib, tahlil qildik. Biz «Paxtakor»ga o‘yin jihatdan yengilmaganmiz, hisobda mag‘lub bo‘lganmiz. Ertaga kim xato qilsa, mag‘lub bo‘lishi muqarrar. Shuning uchun, tartibli o‘yin orqali g‘alabaga erishish mumkin. Individual o‘yin katta ahamiyat kasb etadi. Ammo, o‘ylashimcha, bu narsa finalda ikkinchi planda bo‘ladi.

 

Manba: UzPFL
Kiritildi: 18:27, 03.12.2021.
O'qildi: 3367 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.