Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Klub afsonasi xafa bo‘ldi: «Manchester Yunayted» Karrikni orzularidan mahrum qildi

Klub afsonasi xafa bo‘ldi: «Manchester Yunayted» Karrikni orzularidan mahrum qildi

Baho:
+ | -

2 dekabr, payshanba kuni “Manchester Yunayted” Maykl Karrik mankunianliklar klub tizimidan ketishini rasman e’lon qildi. Angliyalik mutaxassis jamoani APLda “Arsenal” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonganidan so‘ng jamoa lagerini tark etdi.

Karrikning ketish haqidagi qarori ko‘plab futbol yulduzlari, klub afsonalari, shuningdek, jahon OAVlarining e’tiborini tortdi.

“Manchester Yunayted” ramzi

Maykl Karrik 2006 yilning yozida “Tottenxem”dan ketganidan so‘ng Manchester klubiga o‘tdi. “Qizil iblislar” o‘z vaqtida klub tarixidagi eng qimmat transferlardan birini amalga oshirib, angliyalik uchun taxminan 15 million yevro to‘lagandi.

Jamoa bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson Karrikni Roy Kinning o‘rnini bosa oladi deb o‘ylagan, shuning uchun Mayklga afsonaviy “16” raqamini beradi.

Birinchi mavsumdan boshlab Karrik maydonda ham, uning tashqarisida ham jamoa yetakchisiga aylandi. Angliyalik futbolchi deyarli har doim oddiy futbolchi bo‘lib kelgan. 2006/07 yilgi mavsumda “Manchester Yunayted” Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi, shuning uchun uning klub muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasi katta ahamiyatga ega edi. Keyingi mavsumda “qizil iblislar” finalda “Chelsi”ni mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. Karrik to‘liq o‘yin o‘tkazdi va penaltilar seriyasida gol urdi.

O‘shandan beri tinimsiz yarimhimoyachi “Manchester Yunayted” uchun ajralmas bo‘lib qoldi. U klub bilan shartnomasini 2012 yilning yoziga qadar uzaytirdi, bu esa Manchester rahbariyati futbolchini qo‘yib yuborishni aniq rejalashtirmayotganini anglatardi.

Angliyalik futbolchi bir necha oy ichida o‘zining serqirraligini ko‘rsatdi, u jamoa himoyasidagi “teshiklar”ni yamab, himoya markazida o‘ynay boshladi. Ser Aleks Fergyuson futbolchini jamoaga kerakli ko‘nikmalarni beradigan va mankunianliklarning o‘yin modeliga to‘liq mos tushadigan yetakchi sifatida ko‘rdi.

 

2013 yilda shotlandiyalik mutaxassis o‘z lavozimini tark etdi va uning o‘rniga Devid Moyes keldi. O‘shandan beri Kerrikning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi va tez-tez jarohatlar uning o‘yin amaliyotiga ta’sir qildi. Angliyalik futbolchi jarohatlar tufayli ko‘p vaqt o‘tkazib yuborganiga qaramay, Moyesning o‘rnini egallagan Lui van Gal Karrikga ishonch bildirdi va uni jamoaning asosiy tarkibiga qaytardi. Mayklning klub uchun ahamiyatini ta’riflab bo‘lmaydi, shuning uchun gollandiyalik mutaxassis uni vise-sardor etib tayinladi.

Karrikni tez-tez jarohatlar bezovta qilsa ham yaxshi formada edi, lekin u maydonda bo‘lganida “Manchester Yunayted” yarimhimoyada ustunlik qilib, ishonchli o‘ynardi. Klub angliyalikni qo‘yib yubormoqchi emasdi va shuning uchun unga shartnomani bir yilga yangilab turishni taklif qildi.

Bunday muzokaralar 2018 yilgacha davom etdi, o‘shanda Karrik o‘z futbolchilik faoliyatini klubdagi yakunlashga qaror qilgan. Yakuniy mavsumda u jamoa sardori bo‘lib, Ueyn Runidan keyin bog‘ichni olgan edi.

“Manchester Yunayted” tarkibida Karrik 464 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urgan va 37 ta golga assistentlik qilgan. Futbolchi “qizil iblislar” bilan birgalikda 16 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, xususan: u besh marta Premyer-liga chempioni bo‘ldi, olti marta Angliya Superkubogini, ikki marta Liga kubogini qo‘lga kiritdi va Angliya kubogi, Chempionlar ligasi, Yevropa ligasida ham zafar quchishga erishdi va bir marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oltin medallariga ham ega chiqdi...

Yordamchi ishi

2016 yilda Joze Mourinyo “Manchester Yunayted” murabbiyligini qabul qilib oldi. O‘shanda Karrik hali futbolchi edi, ammo o‘shanda ham ingliz futbolchisi portugaliyalik murabbiylar shtabiga kirishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Maykl futbolchilik faoliyatini davom ettirmaslikka qaror qilganida, Mourinyo bu haqda rasmiy bayonot berdi:

“Maykl futbolchi sifatida emas, shaxs sifatida muhimroq. Biz unga dam olishi, tiklanishi, o‘zini ishonchli his qilishi va o‘ynashni xohlaydimi yoki nafaqaga chiqishini hal qilish uchun vaqt berdik. Murabbiylar shtabimda hohlasa o‘ziga joy borligini biladi. Uning uchun ofisda joy tayyorlandi. Men shuni xohlayman, kengash shuni xohlaydi”.

Shunday qilib, Karrik mutaxassisning murabbiylar shtabiga kirdi. Aynan Joze Maykl uchun murabbiy sifatida birinchi ustozga aylandi.

Portugaliyalikning o‘zi yosh mutaxassisning murabbiylik sohasida muvaffaqiyatga erisha olishiga shubha qilmagan.

“Men yordamchilarim bilan jamoani yaxshilash uchun ajoyib muhit yaratish uchun ishlayman. Menimcha, Maykl bizga foydali bo‘lishi mumkin. Karrikning mukammal menejer bo‘lishi uchun barcha shartlar mavjud”, - deydi portugaliyalik.

Mourinyo ketganidan keyin klubga Ole-Gunnar Sulsher keldi. Norvegiyalik mutaxassis darhol Karrik bilan ishlashni hohlashini ma’lum qildi, chunki uning ajoyib murabbiy bo‘lish uchun barcha sharoitlar bor.

Angliyalik Sulsher bilan o‘ziga xos bitim tuzdi, bu yerda ikkala mutaxassis ham bir-birini qo‘llab-quvvatladi, bir-biridan o‘rgandi. Maykl kundan-kunga norvegiyalik uchun ahamiyati ortib bordi va keyinchalik “Manchester Yunayted”ning asosiy jamoasi murabbiyiga aylandi.


“Manchester Yunayted”ni tark etish sabablari 

Joriy yilning noyabr oyida “Manchester Yunayted” Ole-Gunnar Sulsher iste’foga chiqqanini rasman e’lon qildi. Jamoani kim boshqarishi haqida gap-so‘zlar ko‘p edi.

Maykl Karrik bosh murabbiy lavozimini egalladi. Klub angliyalik futbolchini jamoani bir-ikki o‘yinda boshqarishi mumkin degan qarorga keldi, ammo rahbariyat unga tayanmadi. 

“Qizil iblislar” bosslari jamoa bosh murabbiyligiga Ralf Rangnikni tayinlashga qaror qilishdi. Bu qaror, albatta, Karrikning noroziligiga sabab bo‘ldi.

 

Ingliz mutaxassisi o‘zining murabbiylik faoliyati istiqbolini juda yaxshi tushundi, chunki agar unga asosiy murabbiy bo‘lishga ruxsat berilmasa, olti oydan keyin albatta yangi murabbiy keladi va u yana yordamchi bo‘lishi kerak edi. 

Karrik yordamchi murabbiysifatida juda ko‘p ishladi va muxlislar buni so‘nggi o‘yinlarda “Yunayted” “Vilyarreal”, “Arsenal”ni mag‘lub etib, Maykl boshchiligida “Chelsi” bilan durang o‘ynaganida ko‘rishdi.

Ralf Rangnik Karrikni shtab-kvartirasida qolishga ko‘ndirishga uringanini tan oldi, ammo ingliz yana yordamchi bo‘lishni istamadi.

“Men Maykl bilan uchrashdim, biz uzoq vaqt shaxsiy suhbatlashdik. Bir necha soat davomida uni klubda qolishga ko‘ndirishga harakat qildim, lekin u ketishga qaror qildi”, - dedi nemis mutaxassisi.

Albatta, Karrik klub timsoli, ammo “qizil iblislar” bosslari buni tushunmayapti shekilli. Ular shunchaki Mayklning jamoani boshqarish orzusidan mahrum qilishdi.

Afsonaviy murabbiy Garri Rednapp “Manchester Yunayted” rahbariyatini qattiq qoraladi, chunki u Karrikni boshqarishga tayyor deb hisoblaydi:

“Maykl Karrik men bilgan eng aqlli odamlardan biri. Uning “Manchester Yunayted”ga to‘liq murabbiylik qilmasligi achinarli. Klub Ralf Rangnikni bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi ekani tushunarsiz. Umrimda bundan ahmoqona gap eshitmaganman”.

Endi angliyalik o‘zini allaqachon shakllangan murabbiy ekanligini ko‘rsatib, erkin suzishga jo‘nab ketdi. Biz Karrikning his-tuyg‘ulari haqida faqat taxmin qilishimiz mumkin, ammo bir narsa aniq - klub unga nisbatan adolatsizlik qilgan.

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 11:23, 04.12.2021.
O'qildi: 9575 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.