Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

London uchun kurash yoxud “Vest Xem“ – “CHelsi“ (prevyu)

London uchun kurash yoxud “Vest Xem“ – “CHelsi“ (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Toshkent vaqti bilan 17:30da Britaniya poytaxtidagi “London Stedium“da “Vest Xem“ – “Chelsi“ klublari o‘rtasidagi London derbisiga start beriladi. Bir qarashda mehmonlarning oson g‘alabasini taxmin qilish mumkin. Nom va futbolchilar sifati borasida “ko‘klar“ raqibidan bir bosh baland, shubhasiz. Biroq bu APL ekanligi va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin ekanligini inobatga olsak, mezbonlarda ham g‘alaba uchun yetarli imkon bor. Stadion.uz hozir shu bahs haqida batafsil to‘xtalib o‘tishga qaror qildi.

“Vest Xem“

Londonning ushbu klubi mavsumni ko‘tarinki ruhda boshladi. Hozirda jamoa turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasini band etib turibdi. Jamoaviy o‘yini bilan nom qozongan “Vest Xem“ Premyer-Liganing 14 o‘yinida 24 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Yevrokubokda ham 5 o‘yindan so‘ng, 13 ochko jamg‘argan holda keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin hal etdi. Qizig‘i, bu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi 4 bahsda ikki klub ham 2tadan g‘alabani qo‘lga kiritgan. Joriy uchrashuv intrigaga boy ekanligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Agar Devid Moyes shogirdlari bugun mag‘lub bo‘lsa, biryo‘la oltinchi o‘ringa ravona bo‘lishlari mumkin. Zotan, ortdan kelayotgan raqiblar boshqalarning qoqilishini intizorlik bilan kutib turishibdi.

“Chelsi“

“Aristokratlar“ yuqori cho‘qqiga chiqib olishgan desak xato qilmaymiz. Pastdan ular tomon otilayotgan toshlarga ular qanday va qancha muddat turib bera olisharkan? Mana shunisi hamma uchun qiziq. Hozircha klub raqiblarning hujumlariga mardonavor turib bera olmoqda. Oxirgi marta “Chelsi“ 30 sentabr kuni “Yuventus“ga qarshi CHL o‘yinida mag‘lub bo‘lgandi. Shundan keyin turli musobaqalar doirasida o‘tkazilgan 12 uchrashuvda 9 g‘alaba va 3 durang qayd etildi. Shu bahslarda jamoa atigi 5ta gol o‘tkazib yubordi, 32 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Dahshatli statistika, shunday emasmi? Biroq hali mavsumning yarmi ham tugagani yo‘q. Shunday ekan, xulosa chiqarishga hali vaqt bor. Ammo shunisi aniqki, “Vest Xem“ni oldinda o‘ta jiddiy sinov kutib turibdi.

“Vest Xem“ga oid yangiliklar

“Bolg‘alar“da yo‘qotishlar jiddiy emas. Lekin o‘yinni o‘tkazib yuboruvchilar asosiy tarkib futbolchilari ekani ham e’tiborga molik. Shunday qilib, bugungi o‘yinni himoyachi Anxelo Ogbonna va Aaron Kressuell maydon tashqarisidan kuzatishlari mumkin.

“Chelsi“ga oid yangiliklar

Tuxel jamoasida esa yo‘qotishlar jiddiy. Ben Chilvell, Trevo Chaloba, Mateo Kovachich va N'golo Kante kabi futbolchilar bugungi bahsni o‘tkazib yuborishadi. Bunday o‘yinchilarning tarkibdan tushib qolishi har qanday klub uchun katta yo‘qotish. Shunga qaramay, mehmonlar zaxirasining qudratli ekani mana shunaqa vaziyatda murabbiyga qo‘l keladi.

Taxminiy tarkiblar

“Vest Xem“

Fabianski; Soufal, Douson, Zuma, Jonson; Souchek, Rays, Bouen, Benraxma, Fornals; Antonio.

“Chelsi“

Mendi; Ryudiger, Silva, Kristensen; Alonso, Jorjinyo, Loftus-CHik, Jeyms; Maunt, Ziyesh, Lukaku.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:26, 04.12.2021.
O'qildi: 1772 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик