Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

O‘zbekiston kubogi. Final. «Nasaf» bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, «Paxtakor»ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston kubogi. Final. «Nasaf» bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, «Paxtakor»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining 2021 yilgi finali ancha qiziqarli kechdi. Unda hakamlarning bahsli qarorlari, maydondan chetlatilish, bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan jamoaning irodali g‘alabasiga guvoh bo‘ldik.

Bahsli qaror №1
"Nasaf" finalni ancha shiddatli boshlab, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi yuqori ekanini namoyish eta boshladi. Ammo uchrashuvning 34-daqiqasida hakam VAR yordamida bahsli qaror chiqardi. Oybek Bozorov o‘z oldida Alijonovni aldab o‘tish chog‘ida to‘pni to‘xtatdi, shunda butsasining uchi o‘sha joyga oyog‘ini uzatgan Hojiakbarning oyog‘iga tegib ketdi. Referi Risqullayev videotakrorni tomosha qilgach, "Nasaf"ning yetakchi futbolchisini maydondan chetlatdi.

Gol.
Oradan ko‘p o‘tmasdan "Paxtakor" chiroyli kombinasiya tashkil qildi. Sayfiyevning jarima maydoniga kirib ortga bergan uzatmasini Hamrobekov 14 metrlardan darvozasiga joylab qo‘ydi. Odiljon bu golni nishonlamadi.

Javob goli
"Paxtakor"ning golidan 4 daqiqa o‘tib "Nasaf" hisobni tenglashtirdi. Chap qanotdan Nasrullayev yetkazgan to‘pni Abdurahimov Azmiddinovdan o‘g‘irlab ketdi va yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.

Bahsli qaror №2
Birinchi taym yakunlanishiga yaqin Hamrobekov maydondan chetlatilishi mumkin edi. U ortdan kelayotgan qarshiliklar futbolchisining yuziga qo‘li bilan urdi. Risqullayev vaziyatni ko‘rib chiqib, sariq kartochka bilan cheklandi.

Irodali "Nasaf"
Ikkinchi bo‘limda qashqadaryoliklar ehtiyotkor o‘yin namoyish eta boshlashdi, ammo vaziyatlardan o‘ta unumli foydalanishdi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida qarshiliklar burchak zarbasi ishlashdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani G‘olib G‘aybullayev bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi o‘yinning qolgan daqiqalarida yaxshi himoyalandi va g‘alabani ushlab qoldi. Shu tariqa, "Nasaf" o‘z tarixida ikkinchi marta O‘zbekiston kubogida g‘olib chiqib, Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston kubogi. Final
"Paxtakor" – "Nasaf" – 1:2 (1:1,0:1)
Gollar: 28 - Xamrobekov (1:0), 38 - Abdurahimov (1:1), 75 - G‘aybullayev (1:2).
"Paxtakor" - Suyunov, Alijonov, Sayfiyev, Xamrobekov, Azmiddinov (Chobanov), Erkinov, Fayzullayev (Matich), Ismoilov, Sobirxo‘jayev (Izmailov), Temirov (Xolmatov), Hamdamov (Turg‘unboyev).
"Nasaf" – Ergashev, Abdurahimov (Akramov), Bozorov, Eshmurodov, G‘aybullayev, Mozgovoy, Nasrullayev,  Norchayev (Komilov), Nurulloyev (Davronov), Saitov, Turdialiyev (Rahmatov).
Qizil kartochka: 34 - Oybek Bozorov (Nasaf)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:12, 04.12.2021.
O'qildi: 5724 marta.
Fikrlar: 55 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.