Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 1-3 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugungi finalda g‘alaba qozonish oliy maqsad edi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugungi finalda g‘alaba qozonish oliy maqsad edi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi finali doirasidagi «Paxtakor» - «Nasaf» (1:2) uchrashuvidan keyin har ikki jamoa a’zolari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

«Biz yil davomida juda ko‘p uchrashuvlar o‘tkazdik. Bugungi finalda g‘alaba qozonish oliy maqsad edi. Bundan juda ham xursandmiz. 

Kubokdagi g‘oliblikni O‘zbekistondagi barcha muxlislarimizga bag‘ishlaymiz. Ustiga-ustak bir kishi kam bo‘lib harakat qildik. Kamchilikda qolganimizga qaramay, ishonch bizda juda yuqori edi. Barcha yigitlarga rahmat deb qolaman. Ular kamchilikda qolganimizga qaramay, ishonchli o‘yin ko‘rsatishdi. Yigitlar bilan butun mavsum davomida juda ko‘p mehnat qildik va yakun mana shunday chiroyli bo‘lgani juda xursand qiladi.

To‘g‘ri, «Nasaf» 40dan ham ziyod o‘yin bilan O‘zbekistonda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan jamoa bo‘ldi. Shunga qaramay, tarkibimiz uzun bo‘lmasa-da, rotasiyaga ko‘proq e’tibor qaratdik va yoshlarga ishondik. Baribir zaxiramiz katta emasligi o‘yinlarimizga ta’sir qildi va yakunda chempionatda 4-o‘rinda qoldik.

Qolaversa, yil boshida ham tarkibimizni ayrim yetakchilar tark etgani ham bilindi. Yodinglarda bo‘lsa, 4 nafar yetakchimiz ketib qolgandi. Natijada, o‘tgan bir yil davomida yana bitta jamoani tashkil qilishimizga to‘g‘ri keldi. Yakunda barchasi chiroyli tugagani quvonarli.

Yana bir aytishim mumkin bo‘lgan jihat, keyingi mavsum moliyaviy holatimiz yaxshilanadi. Bu haqda rahbarlar bilan gaplashib olgandik. Ular imkoniyatimiz kattaroq bo‘lishiga va’da berishgan», - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Kiritildi: 19:53, 04.12.2021.
O'qildi: 4281 marta.
Fikrlar: 46 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.