Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Oilaviy fojea, g‘alati laqab va shokaladga qaramlik: Omadsiz futboldan, omadli murabbiylikkacha ko‘tarilgan Yulian Nagelsmann haqida

Oilaviy fojea, g‘alati laqab va shokaladga qaramlik: Omadsiz futboldan, omadli murabbiylikkacha ko‘tarilgan Yulian Nagelsmann haqida

Baho:
+ | -

Yozda Myunxenning “Bavariya” klubiga yangi murabbiy keldi. Myunxenliklar jamoasini dunyoning eng iqtidorli murabbiylaridan biri Yulian Nagelsmann boshqarmoqda. Mutaxassis bir yil avval myunxenliklar bilan treblni qo‘lga kiritgan Xansi Flik o‘rniga keldi. Yangi murabbiyga qo‘shimcha talablar qo‘yilishi aniq edi. Ammo Yulian qo‘rqmadi va 33 yoshida “Bavariya” kabi buyuk jamoa boshqaruviga keldi.

Bungacha jamoani ancha nufuzli mutaxassislar - Xaynkes, Gvardiola va Anchelottilar boshqargan. Nega Germaniyaning eng kuchli va eng ajoyib  klubi rahbarlari Nagelsmannga pul tikishga qaror qilishdi? Hammasi nihoyatda oddiy. Yosh bo‘lishiga qaramay, Yulian Bundesliga klublarida 13 yillik tajribaga ega va ikkita muvaffaqiyatli loyihada ishlagan– “Xoffenxaym” va “Leypsig”.

Xabaringiz bor, kecha Bundesliganing butun birinchi turining asosiy o‘yini bo‘lib o‘tdi. Nagelsmannning shogirdlari Dortmundning “Borussiya” jamoasi maydoniga safarda uchrashdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Der Klasikerdan so‘ng zamonamizning eng iqtidorli murabbiylaridan birining hayoti va faoliyati haqida gapirishga qaror qildik.

 

Futbolchilik faoliyatini 19 yoshida yakunlagan

Nagelsmann bolaligidanoq professional futbolchi bo‘lishni xohlagan. Yulian birinchi marta uch yoshida futbol maydoniga kirgan. Va u o‘z yo‘lini o‘z shahrining “Issing” akademiyasida boshladi. Biroz vaqt o‘tgach, “Augsburg” skautlari istiqbolli bolaga e’tibor qaratdi va Yulian “fuggers” akademiyasiga o‘tdi.

Nagelsmann 15 yoshigacha “Augsburg” yoshlar jamoasida o‘ynadi, shundan so‘ng u vatani Myunxenga qaytib, “Myunxen-1860” klubi akademiyasida shug‘ullana boshladi. Uzun bo‘yli, o‘ziga ishongan himoyachi tezda jamoa sardoriga aylandi va keyingi mavsumda U-19 safida Bundesliganing 31-uchrashuvida maydonga tushdi.

 

Futbolchidan umid katta edi va murabbiylar uning Germaniya yoshlar terma jamoasida o‘ynash uchun barcha imkoniyati borligini aytishdi. Ammo Nagelsmannning futbolchilik faoliyati boshlanmay tugadi.

20 yoshida u tizzasidan qattiq jarohat oldi, bu uning barcha rejalarini barbod qildi. “Jarohat tufayli men boshqa futbol bilan shug‘ullanishni xohlamadim”, dedi Yulian. - Juda xafa bo‘ldim, chunki men faoliyatimni juda erta yakunladim”.

 

Otaning o‘limi

Taxminan bir vaqtning o‘zida Yulianni yana bir dahshatli yangilik hayratda qoldirdi. 56 yoshida otasi vafot etdi. Ota qisqa muddatli kasallikdan vafot etgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Ammo bir necha yil oldin murabbiy intervyuda sevgan insoni bilan aslida nima bo‘lganini aytib berdi.

“Bu o‘z joniga qasd qilish edi. Hammasi bizning uyimizda sodir bo‘ldi. Men boshqa narsa aytolmayman va aytmoqchi ham emasman, chunki bu juda shaxsiy masala. Aynan shu fojia tufayli biz uyni imkon qadar tezroq sotmoqchi edik. Bu bilan bog‘liq ko‘plab xotiralar bor edi va men uchun onam uchun yangi hayot boshlash muhim edi”.

 

BMW zavodida ishlashi mumkin edi

Otasining o‘limi Yulianni tezda ulg‘aytirdi. U Germaniya universitetida biznes boshqaruvi bo‘yicha o‘qishni boshladi. O‘qituvchilar Nagelsmann eng istiqbolli talabalardan biri va a’lochi talaba ekanligini ta’kidladilar.

O‘qish davrida Nagelsmannga dunyodagi eng yirik avtomobil kompaniyalaridan biri – BMW kompaniyasida yuqori maoshli ish taklif qilindi. Ammo Yulian bu taklifni rad etdi. U buni qilmoqchi emasligini tushundi.

 

Shu paytda “Augsburg” o‘rinbosarlari jamoasi murabbiyi bo‘lgan Tomas Tuxel yosh nemisga e’tibor qaratdi. Tuxel tezda Yulianni skaut sifatida tayyorladi. Bu lavozimda Nagelsmann taxminan 3 yil ishladi, shundan so‘ng u “Xoffenxaym” tarkibiga o‘tdi.

 

“Bavariya” muxlisi

Ha, Yulian bolaligidanoq myunxenliklarning muxlisi edi. Ushbu klubga mehr akasi tufayli uuyg‘ongan. O‘sha paytda kichkina Nagelsmanning kumiri Alen Syutter edi. “Nega menga Syutter yoqdi? Hamma gap uning soch turmagi bilan bog‘liq. Alenning uzun sarg‘ish sochlari bor edi. Menga aynan uning soch turmagi yoqardi”, - deydi Nagelsmann.

Nagelsmanning birinchi futbol formasi Lotar Matteus ismi tushirilgan “Bavariya” libosi edi.

 

Murabbiylik yo‘li

Nagelsmanning faoliyati 2010 yilda “Xoffenxaym”ning yoshlar jamoasida boshlangan. Ikki yildan so‘ng umidli nemis asosiy jamoaning yordamchi murabbiyiga aylandi. 

2016 yilning fevralida Nagelsmann “ko‘k-oqlar” asosiy jamoasini qabul qildi. Oradan bir yil o‘tib, avvalroq Bundesliga turnir jadvalining quyi qismida yuradigan “Xoffenxaym” to‘rtinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.

 

2017/18 yilgi mavsum yakunida esa jamoa natijasini yaxshilab, uchinchi pog‘onani egalladi va Chempionlar ligasi guruhiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

2019 yilning yozida nemis mutaxassis “Leypsig”ga o‘tdi. Yangi murabbiy qo‘l ostida “buqalar” birinchi mavsumida Bundesligada uchinchi va 2020/21 yilgi mavsumda ikkinchi o‘rinni egalladi.

 

“Xoffenxaym”da uning shaxsiy ofisi yo‘q edi.

Biz hozir qandayligini bilmaymiz, lekin Zinsxaymdagi faoliyati davomida u haqiqatan ham o‘z ish joyiga ega emas edi. Nagelsmann yordamchilari bilan umumiy ofisda ishlagan. “Xoffenxaym” bazasiga tashrif buyurgan jurnalistlarning fikricha, xonada doim baland ovozda musiqa yangragan va uni aynan Yulian ijro etgan. Lekin bu yordamchilar va murabbiyning o‘ziga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga, jamoa o‘yinini tahlil qilishga to‘sqinlik qilmas edi.

 

Klub rahbariyati bir necha bor Nagelsmannga barcha qulayliklarga ega alohida ofis taklif qilgan, ammo murabbiy har doim jamoa bilan ishlashni afzal ko‘rishini aytgan.

 

Sevimli seriali – “Hayvonlar haqida”

Yulian 2017 yilda chiqarilgan “Pridurki” nemis komediya serialini juda yaxshi ko‘radi. Murabbiy birinchi qismini qaynonasi bilan birga tomosha qilganini ta’kidladi.

“To‘g‘risini aytsam, efirda yangragan bir-ikki qarg‘ish uchun uning oldida biroz uyaldim. U qanday munosabatda bo‘lganini va so‘kinish gaplarni ishlatganda buni kulgili deb o‘ylaydimi yoki yo‘qligini kuzatdim. Menimcha, bu serial ajoyib. Ijodkorlar yaxshi serial yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Real hayotga juda yaqin”. 

Nagelsmann nemis kinosining ashaddiy muxlisidir. “Pridurki”dan tashqari, u tez-tez boshqa diniy serial – “Qizil atirgullar”ni tomosha qiladi. Yulian yaqinda film prodyuseri unga sovg‘a sifatida serial afishasi surati tushirilgan chashka ham yuborganini ma’lum qildi.

 

Men nutq terapevtiga bordim

So‘nggi bir necha mavsum davomida Nagelsmann haqiqatan ham nutq terapevtiga tashrif buyurdi. Sabab? O‘yin paytida to‘g‘ri baqirish. U ko‘pincha maydonda futbolchilarga ko‘rsatma berishni yaxshi ko‘radi. Va u buni hamma eshitishi uchun qiladi.

 

Yulian baqirish uning vokal kordonlarini buzishini aytdi. Hattoki u Bundesligadagi uchrashuvlardan biridan keyin gapira olmay qolgandi. Ammo endi, muntazam mashg‘ulotlar tufayli Nagelsmann maydondagi istalgan futbolchiga bog‘lamlariga ta’sir qilmasdan baqira oladi.

 

Germaniyada uni “xaki” deb atashadi.

Yulianning taxallusi to‘g‘ridan-to‘g‘ri nemis an’anaviy taomlari - go‘shtli non bilan bog‘liq. 

“Murabbiylar shtabida meni “xaki” (nemischa taomning nomi “Hackbraten”) deb atashadi. Men rulon pishirib, unga maxsus mevali sous tayyorlashni yaxshi ko‘raman. Mazali bo‘lib chiqadi. Men murabbiylar shtabini tez-tez go‘shtli nonga taklif qilaman. Balki shuning uchun menda boshqa taxallusim yo‘qdir”.

 

Shokoladga qaramlik

“Xoffenxaym”dagi umumiy ofisni hali unutdingizmi? Shunday qilib, ofis ichida shirinliklar solingan butun bir shkaf bor edi.

Nagelsmann “Xoffenxaym”dagi tanishtiruv paytida juda xavotirda ekanligini aytdi. Unga o‘zini tutib olishga yordam bergan yagona narsa bu shokolad bo‘lagi bo‘lgan.

Shirinliklar ko‘pincha Nagelsmannga asablarini tinchlantirishga yordam beradi. Oxirgi paytlarda u bu odatidan xalos bo‘lishga urinayotgan bo‘lsa-da, shu paytgacha shokolad bu kurashda g‘alaba qozongan ekan.

 

Psixologiya birinchi o‘rinda turadi

“Mening psixologim bor. Har bir murabbiyda shunday odam bo‘lishi kerak. U dam olishim, yaxshi uxlab qolishim va ishdan chalg‘ib ketishimga ishonch hosil qiladi. Bu men doimo maslahatlashib turgan odam”, - deydi murabbiy.

 

Nagelsmann aytadiki, uning barcha muvaffaqiyatlari, birinchi navbatda, psixologiya bilan bog‘liq. “Murabbiylikning 30 foizi taktika, qolgan 70 foizi esa ruhiy tayyorgarlik. Bu darajada yaxshi taktik tayyorgarlik, kayfiyat yaxshi bo‘lsa, o‘zgarishlar bo‘ladi”.

 

Velosiped va tog‘larga bo‘lgan muhabbat

Yulianning sevimli mashg‘uloti – tog‘da velosipedda sayohat qilish. Unda sayohat qilish futbol va bo‘lajak o‘yinlarda tanaffus qilish imkonini beradi. Nagelsmann, shuningdek, chodir bilan chiqishni va telefonsiz tabiatdan zavqlanishni yaxshi ko‘radi. Uning tog‘larga mehri o‘zgacha. Mutaxassisning aytishicha, murabbiylik faoliyatini yakunlagach, sayyohlar uchun marshrut tuzib, ularga tog‘larda hamrohlik qilish maqsadida gid bo‘lib ishga joylashmoqchi.

Murabbiyning yana bir sevimli mashg‘uloti - tez haydash. Yulianning sobiq jamoadoshi Kristian Treshning ta’kidlashicha, Nagelsmann yoshligida poygachi bo‘lgan. 2000 yillarning ikkinchi yarmida Yulian “Opel Astra” haydadi va Treshning so‘zlariga ko‘ra, Bavariyaning bo‘lajak murabbiyi avtobanda o‘z «chaqalog‘ini» 150 km / soatgacha haydagan.

 

Hammasidan ustun...

Nagelsmann - samimiy murabbiy. U mashg‘ulotlar vaqtida futbolchilar bilan doim xatolarini muhokama qiladi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanlarida esa murabbiy jamoasi yetarlicha o‘yin ko‘rsata olmaganini aytishdan cho‘chimaydi.

 

Misol tariqasida yaqinda Chempionlar ligasi doirasidagi “Bavariya”ning Kiyevning “Dinamo”siga qarshi o‘yinini keltirish mumkin (2:1): “Biz ba’zi daqiqalarda so‘nggi pasni o‘tkazib yubordik, o‘tkazib yuborilgan gol tufayli omadimiz kelmadi”.

“Bizda yaxshiroq himoyalanishimiz mumkin bo‘lgan olti yoki yettita vaziyat bor edi. “Bavariya” yaxshiroq o‘ynashi kerak. Oldinda hali ko‘p yo‘l bor va yakunda barqarorroq bo‘lishimiz kerak. Biz ko‘proq gol o‘tkazib yuborishimiz mumkin edi”.

Shu bilan birga, Yulian juda kamdan-kam hollarda o‘z futbolchilariga omma oldida qattiq gapiradi. U alohida o‘yinchilarning xatolarini ko‘rsatish o‘rniga, butun jamoa haqida gapirishni yaxshi ko‘radi. Bu ko‘pincha murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi ishonchni saqlashga yordam beradi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 12:13, 05.12.2021.
O'qildi: 3292 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.