Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

“Real Sosyedad” imkonsiz narsaga intilmoqda (mi?). Chempionlikda ularga “yangi Zlatan” va “Man Siti” afsonasi yordam beradi.

“Real Sosyedad” imkonsiz narsaga intilmoqda (mi?). Chempionlikda ularga “yangi Zlatan” va “Man Siti” afsonasi yordam beradi.

Baho:
+ | -

“Real Sosyedad” 40 yildan beri chempionlikni qo‘lga kirita olmayapti. San-Sebastyan klubi muxlislari ushbu mavsum boshida chempionlikdan umid qilishgandi, ammo klub potensial chempionlik haqida o‘ylash butunlay voz kechmoqda. Ayniqsa, so‘nggi ikki turdagi ikkita mag‘lubiyatdan keyin.

 

“La Real” ligada 5-o‘ringa tushib ketdi, ammo ikkinchi o‘rin bilan oradagi farq minimal. Bir so‘z bilan aytganda, kurash hali tugamadi. Xatto joriy mavsumda jadvalda karvonboshilik qilayotgan “Real”dan ortda qolishi ham halokatli emasdek tuyulmoqda (10 ochko). 

Klubning eng kuchli hujumchisi Aleksandr Isak ham ligadagi potensial g‘alaba haqida gapirmaslikni istaydi.

“Men buni chempionlik uchun kurash deb hisoblamayman, chunki bu juda uzoq vaqt talab etadi. Chempionlik uchun kurash aprel oyida boshlanadi. Hozirgi birinchi o‘rin hech narsani anglatmaydi va biz faqat g‘alaba qozonganimizdan xursandmiz. G‘alaba qozonish ajoyib”.

 

“Real Sosedad” o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasiga chiqa olmadi, ammo ularda Yevropa ligasi pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati bor. 

Jamoaning taraqqiyoti hujumchi Isakning muvaffaqiyati bilan bog‘liq. Shvesiyalik o‘zining birinchi mavsumida to‘qqizta gol urgan bo‘lsa, “Sosyedad” oltinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan mavsumda uning hisobida 17 ta gol bor edi va klub beshinchi o‘rinni egalladi va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi.

Joriy mavsum sentyabr oyida jarohat olgan hujumchi dastlabki 14 o‘yinda biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan va 5 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

“Men ikki yilni nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida ham muvaffaqiyatli o‘tkazdim. Menga shahar, umuman bu mamlakat yoqadi va Ispaniyada o‘ynashdan baxtiyorman”.

 

22 yoshli hujumchi har doim bo‘lajak yulduz deb hisoblangan. U 16 yoshida AIK bazasiga yo‘l olganida, darhol uni Zlatan Ibragimovich bilan solishtirishni boshladilar. Uning o‘zi Zlatanga unchalik o‘xshamayman, deb hisoblaydi, ammo terma jamoada ular ko‘p vaqtlarini birga o‘tkazishadi, pozision o‘yin va hujumlar paytidagi harakatni muhokama qilishadi. Garchi “Borussiya”dagi faoliyati hech narsaga olib kelmagan bo‘lsa-da, ammo hozir o‘ziga yangi uy topib bo‘lgan.

“Bu mamlakat futboli menga yoqadi va klub menga haqiqatan ham ishonadi. Ispaniya futboli men uchun yaxshi, chunki men to‘p bilan ishlashni va jamoadoshlarim bilan birlashishni yaxshi ko‘raman. Ispaniyada to‘p bilan o‘ynashga ko‘proq vaqt ajratishadi va texnika hamma narsaning boshida”, - deydi futbolchi.

 

“La Real” o‘z o‘yinchilariga e’tibor qaratishda davom etmoqda. Ularning Subiyeta akademiyasi hurmatga sazovor. Klubning yana bir taktikasi - kuchli o‘yinchilarga ortiqcha pul to‘lamaslik. “Sosyedad” Isakdan tashqari, tekinga qo‘lga kiritgan “Manchester Siti” sobiq yulduzi David Silvani ham qo‘lga kiritdi. Isak esa bunday afsona bilan bir jamoada to‘p tepganidan xursand edi.

 

“Uning saviyasi meni ajablantirdi. Biz undan aynan shuni kutgandik. Silvaning futbolga professional yondashuvini, muloqot qilish qulayligi juda muhimdir. U har doim biz bilan bilim almashishga tayyor”.

Norvegiyalik hujumchi Aleksandr Serlot “Leypsig”dan ijaraga olingan va uning kelishi ham Isakga yordam berdi.

Lekin muvaffaqiyat kaliti nafaqat futbolchilarda, balki murabbiyda ham. Serlotning so‘zlariga ko‘ra, u Imanol Alguasilning ishlaridan hayratda qolgan.

«U bizning ambisiyalarimizni qanday cheklashni, ertangi kun uchun yashashga undashni biladi. Mashg‘ulotlarda juda talabchan, bu yaxshi holat. Biz har doim hamma narsaga tayyormiz”, deydi norvegiyalik futbolchi murabbiyi haqida.

“Kristal Pelas”ning sobiq hujumchisi kubokni qo‘lga kiritish faqat boshlanish bo‘lganiga umid qilmoqda. Kim biladi deysiz, balki 1982 yildan keyingi ilk chempionlik yaqin orada qo‘lga kiritilar.

“Jamoa a’zolari g‘alaba qozonish mumkinligiga ishonadi. Bu bizni rag‘batlantiradi. Klub yanada yaxshilanib bormoqda, hamda kuchliroq futbolchilarni xarid qilmoqda. Biz yangi marra yoqasida turibmiz”.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 18:56, 05.12.2021.
O'qildi: 4792 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.