Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Manchester Siti"ning yanvardagi asosiy transfer nishoni ma’lum bo‘ldi

"Manchester Siti"ning yanvardagi asosiy transfer nishoni ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich "Manchester Siti"ning yanvar oyidagi asosiy transfer nishoniga aylandi.

Serbning transferiga “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning shaxsan o‘zi qiziqmoqda. Klublar allaqachon dastlabki muzokaralarni olib borishmoqda. "Binafsharanglilar" forvard transferi uchun 70-80 million yevro talab qiladi. Futbolchi uchun “Manchester Siti”dan tashqari Londonning “Arsenal” klubi ham kurash olib bormoqda.

Italiya A seriyasining 2021/2022 yilgi mavsumida Vlaxovich 15 uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 21 yoshli serbiyalik forvard 2018 yildan buyon “Fiorentina”da to‘p surmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 06:43, 06.12.2021.
O'qildi: 6754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик