Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) 2021 yilda klublarda ishlayotgan eng yaxshi murabbiylar reytingini e’lon qildi.
O‘tkazilgan so‘rovnomada Tomas Tuxel birinchi o‘rinni egalladi — 230 ball. Germaniyalik mutaxassis «Chelsi» bilan Yevropa chempionlar ligasi va UYEFA superkubogini qo‘lga kiritdi.
«Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola ikkinchi pog‘onani band etgan bo‘lsa (55), yozgacha «Bavariya»ni boshqargan Xans-Diter Flik (25) kuchli uchlikka kirdi.
«Vilyarreal» ustozi Unai Emeri (15) va «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone (10) kuchli beshlikdan o‘rin olishdi.