"Manchester Siti" klubi hujumchi Ferran Torresni "Barselona"ga sotishga tayyor. Ammo ingliz klubi 21 yoshli futbolchi uchun 60 million yevro talab qilmoqda.
"Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar Torres uchun 45 million to‘lashga tayyor. Tomonlar transfer summasi borasida haligacha kelisha olishmadi.
Futbolchining o‘zi Ispaniyaga qaytishni istamoqda va allaqachon uni "Barsa"ga qo‘yib yuborishni so‘ragan.
Qayd etish joiz, 2021/22 yilgi mavsumda Torres "Manchester Siti" tarkibida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.