Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Oy sarhisobi: APL qanday voqealar bilan esda qoldi?(muxlislar tanlovi)

Oy sarhisobi: APL qanday voqealar bilan esda qoldi?(muxlislar tanlovi)

Baho:
+ | -

Har bir oy Angliyada o‘ziga xos kechadi. Mamlakatdagi barcha futbol ixlosmandlari har bir oy Angliyaning beshta divizioni bo‘yicha eng yaxshi futbolchilarga ovoz berish imkoniyatiga ega. Shundayin, eng yaxshi va esda qolarli voqealarga ham. Bugun biz sizga noyabr oyi davomida yuz bergan va muxlislar tomonidan yuqori baholangan voqealar haqida so‘zlab beramiz. Ushbu oy ichida xalqaro tanaffus bo‘lganiga qaramay, Premyer-ligada qiziqarli o‘yinlar va hodisalar yuz berdi. Quyida shular haqida...

«Tottenxem»ning o‘tkazilmay qolgan o‘yini

Oy so‘ngida butun Britaniya bo‘ylab noqulay ob-havo sharoiti ro‘y berdi. Ayrim o‘yinlar qor ostida bo‘lsa ham o‘tkazildi. Ammo «Tottenxem» va «Byornli» o‘rtasidagi bahs kuchli qor sabab qoldirildi. Bu hodisa o‘yin startiga atigi 45 daqiqa qolganida ro‘y bergan edi. «Turf Mur» qalin qor ostida qoldi. Shu sabab Londondan kelgan mehmonlar, qanday kelgan bo‘lsa, shundayligicha qaytib ketishga majbur bo‘ldilar. Ularga qo‘shilib, 4600 mil masofa bosib kelgan «shporlar» muxlislari ham ortga yo‘l olgan. Ha, aytgancha, Harri Keyn ushbu voqeadan keyinroq xabar topadi va shaxsan raqiblarni «Tottenxem» stadioniga, jangga taklif etadi.

«Byornli» mehmonda «Chelsi»ning g‘alabali seriyasiga yakun yasagani

Tomas Tuxel jamoasi bungacha g‘alabali yo‘lda harakatlanayotgan edi. Ammo «Byornli» bilan o‘yin kutilganidek o‘tmadi. Harxolda, «Chelsi» va uning muxlislari uchun. Xalqaro tanaffuslardan keyingi ilk bahsda Tuxel shogirdlari o‘z maydonida 1-1 hisobida durang o‘ynashdi. To‘g‘ri, o‘yin mezbonlarning katta ustunligi ostida o‘tdi. Biroq Mateyu Vidraning o‘yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolgandagi hisobni tenglashtiruvchi goli «Chelsi»ning to‘rtta o‘yinlik g‘alabali seriyasiga yakun yasadi.

Jeydon Sancho o‘zining bolalikdagi jamoasida ilk PL golini urgani

«Stenford Brij»da kechgan bahsda «qizil iblislar» o‘sha paytdagi liga yetakchisi «Chelsi» bilan durang qayd etgandi. Unda Jeydon Sancho o‘zining Premyer-ligadagi ilk goliga mualliflik qildi. Raqiblar sardori Jorginyoning qo‘pol xatosidan foydalangan hujumchi darvozabon Mendini dog‘da qoldirib, hisobni ochgan. Biz bu golni Jeydonning birinchi APLdagi goli dedik. Sababi, u «Vilyarreal»ga qarshi bahsda ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ya olgan edi. To‘g‘ri, «Chelsi» o‘sha o‘yinda hisobni tenglashtirgan. Ammo bu g‘alabaga yetarli bo‘lmaydi.

«Liverpul» o‘z uyida «Arsenal» ustidan kulib tashlagani

Yangi mavsumni dahshatli darajada yomon boshlagan «Arsenal» kuz davomida o‘z xatolarini sekinlik bilan tuzatib kelayotgan edi. Mikel Artetaning yosh to‘pchilari klub muxlislariga yana eski umidlarni baxsh eta boshlaydi. Jamoa o‘yinida oldinga siljish kuzatilgan, natijalar ham ancha optimistik ko‘rinishga kelgan. «Arsenal» Liverpulga safariga qadar yaxshi seriyada edi. Ammo bu narsa Klopp shogirdlari tomonidan buzib tashlandi. O‘sha o‘yinda mehmonlarning faqat bir vakiligina yaxshi harakat qildi. U ham bo‘lsa – Aaron Remzdeyl. «Liverpul» o‘z uyida «Arsenal»ni kutilmaganda yanchib tashladi.

«Manchester Siti» «Old Trafford»ni «qayg‘ular teatri»ga aylantirgani

Ole-Gunnar Sulsher davri yakunlanib qolay degan paytlar edi. Norvegiyalik mutaxassisning menejerlik kursisi ancha liqqilab qolgan. Unga prinsipiyal raqiblariga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatish va g‘alaba qozonish vazifasi yuklangan. Amalda esa boshqacha bo‘ldi. «Qizil iblislar» o‘z maydonida «Liverpul»ga qarshi o‘yindan keyin yana bir bor muxlislarini xafa qilishdi. 2-0 hisobidagi «shaharliklar» g‘alabasi, Sulsher umidlarining chegarasi edi.

«Vest Xem» o‘z maydonida «Liverpul»ni sindirib tashlagani

«Liverpul» «Vest Xem» maydoniga safar qilishdan ilgari yangi tarix yozishga yaqin turgandi. Mersisaydliklar bunga qadar barcha musobaqalarning 25ta bahsida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelishgan. Afsuski, bu tendensiyaga «Vest Xem» nuqta qo‘yib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda Pablo Fornals hamda Kurt Zumalar tomonidan kiritilgan gollar «bolg‘achilar»ga London stadionidagi esda qolarli g‘alabani ta’minladi(3-2).

«Uotford» «MYU»ni sharmanda qilib, Sulsher uchun «Norvegiyaga chipta» olib bergani

4-1 hisobida «MYU»ga qarshi osonlikcha g‘alabaga erishgan «Uotford», Sulsherning uch yillik faoliyatini yakunlashini ta’minlab berdi. O‘zi xalqaro tanaffusdan keyin ham nega Sulsher haliyam jamoadaligiga ko‘pchilik tushunmayotgan edi. Bu narsa muxlislarda Sulsherga mavsum oxiriga qadar imkoniyat beriladi, degan xulosaviy fikr shakllanishiga olib kelgan. Biroq «Vikereyj Rod»dagi «MYU»ning sharmandali holati, rahbariyatning tezkor qaror chiqarishiga sabab bo‘ldi. Sulsher o‘yinning ertasi kuniyoq iste’fo berdi. Keyin esa, o‘zining so‘nggi intervyusida qatnashdi. Barcha Olega esda qolarli xotiralar hamda o‘yinlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi va xayrlashdi.

APLda noyabr oyi bo‘ylab yuz bergan voqealarning muxlislarga yoqqani mana shulardan iborat edi. Dekabr esa bizni zeriktirib qo‘ymaydi degan umiddamiz.

 

 


Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 17:14, 07.12.2021.
O'qildi: 1888 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.