Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Andreas Kristensen «Barselona» va «Milan»ning qiziqishlari markaziga tushgan.
Qayd etilishicha, «ko‘k-anorranglilar» futbolchini 2022 yilning yozida erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi.
«Rossonerilar» 25 yoshli futbolchini Simon Kyerga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Shu bilan birga, har ikki klub ham Kristensenning yaqin orada «Chelsi» bilan shartnomasini uzaytirishiga ishonadi.