APLning ikkita gigant klubi "Yuventus" futbolchisi uchun kurashadi. Italiya matbuoti xabariga ko‘ra, "Liverpul’ hamda "Chelsi" Paulo Dibala xaridini maqsad qilgan.
Xususan, mersisaydliklar qishda Mane va Salohdan ayrilishi sabab hujumchiga ehtiyoj sezadi. "Chelsi" esa hozirgi hujumkor futbolchilarning harakatidan qoniqmayapti. Dibala o‘z faoliyatining cho‘qqisida emas.
Shunga qaramay Angliya jamoalari uchun yaxshi tanlov bo‘ladi. "Yuventus" Dibala bilan yangi bitim tuzish ustida ishlamoqda. Unga 2025 yilgacha shartnoma taklif etilishi mumkin.