Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 0-1 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 0-0 Nasaf

Ravshan Ermatov Olimpiya terma jamoamizning keyingi yilgi rejalari bilan tanishdi

Ravshan Ermatov Olimpiya terma jamoamizning keyingi yilgi rejalari bilan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining bosh murabbiy Timur Kapadze bilan birgalikda keyingi yilgi tayyorgarlik rejalarni ko‘rib chiqdi. Xabaringiz bor, Olimpiya terma jamoamizni 2022 yilda yil ikkita yirik musobaqa — mamlakatimiz maydonlarida bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati va Xanchoudagi Osiyo o‘yinlari kutib turibdi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti mazkur nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishish maqsadida murabbiylar shtabi bilan suhbatlashdi. O‘FA tomonidan futbolchilarimizning oldinda turgan turnirlarga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ma’lum qilindi.

Shundan keyin Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 terma jamoasining mashg‘ulotlariga tashrif buyurdi. Tajribali mutaxassis Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi mazkur jamoani ham bir qancha muhim turnirlar kutib turibdi. Xususan, vakillarimiz keyingi yili Osiyo chempionatining saralash bahslarida ishtirok etish bilan bir qatorda, 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon Chempionati yo‘llanmasi uchun ham kurash olib borishadi.

Ravshan Ermatov futbolchilar bilan suhbatda mazkur turnirlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerakligini, buning uchun har kuni o‘z ustida ishlash zarurligini ta’kidlab, terma jamoa a’zosi bo‘lish har bir futbolchi uchun sharaf va azaliy orzusi ekanligiga e’tibor qaratdi. Bu borada hozirdanoq professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni o‘zida mujassam qilib borish zarurligini aytdi.

Ushbu jamoani keyingi yilga tig‘iz tayyorgarlik taqvimi kutib turgani sababli musobaqalarga tibbiy, jismoniy, ruhiy, texnik va taktik tomondan tayyorgarlik olib borish bo‘yicha murabbiylarga topshiriqlar berildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 00:21, 09.12.2021.
O'qildi: 1526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.