Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Ularni YECHL sevadi. Ular ham YECHLni

Ularni YECHL sevadi. Ular ham YECHLni

Baho:
+ | -

Bu haftada Yevrokuboklarning so‘nggi guruh bahslari o‘tkazildi. Ko‘plab klublar pley-off bosqichi uchun jon olib, jon berishdi. Kimlardir keyingi bosqichga, kimlardir esa Yevropa ligasiga ravona bo‘ldi. Yana kimlardir butunlay Yevromaydonni tark etdi.
Biz futbol haqida gapirganimizda, ko‘pincha hujumchilar va ularning harakatiga urg‘u beramiz. Ammo unutamizki, maydonda ulardan ham ko‘p ish bajaruvchi vakillar bor. Shulardan biri darvozabonlardir. Aynan darvoza qo‘riqchilarining harakatlari tufayli ko‘p hollarda jamoalar g‘alabaga erishadi. Bugun biz nufuzli turnir bo‘lmish, Yevropa chempionlar ligasida eng ko‘p maydonga tushgan fantastik darvozabonlar haqida so‘z yuritamiz.

Viktor Valdes – 106 marta

Ispaniyalik posbon ushbu musobaqada 100dan ortiq bahsda qatnashgan oltita kiperning biri hisoblanadi. U bu borada «Bavariya»ning sobiq sardori Oliver Kanni ortda qoldira olgan (103 ta). «La Masia » akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Valdes, «Barselona»dagi ilk debyutini 2002 yilning avgust oyida nishonlaydi. 2003-04 yilgi mavsumdan esa jamoaning asosiy darvozaboni sifatida harakat qilishni boshlaydi. Shu bo‘yi u 10 yildan ortiq vaqt davomida o‘z o‘rnini hech kimga bermadi. Valdes 3 marta YECHL kubogini boshi uzra baland ko‘tarishga erishgan.

Petr Chex – 111 marta

«Chelsi» afsonasi 2012 yilda YECHL finalida «Bavariya»ni taslim etib, ilk marta chempionlikni nishonlagan edi. Chex o‘z terma jamoasida ham eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sanaladi. Aynan uning muvaffaqiyatli harakatlari sabab, «Chelsi» chempionlikka erishgan. Xususan, u o‘shanda sobiq jamoadoshi Aryen Robbenning penaltisini bartaraf etadi. Shu orqali Roberto Di Matteo bilan chempionlik nishonlanadi. Chex esa Londonga qahramon bo‘lib qaytadi.

Janluiji Buffon – 124 marta

Afsonaviy italiyalik futbolchi YECHLni yuta olmaganlar ro‘yxatida qolib ketadigan bo‘ldi. U ushbu asrda 42ta futbolchi ichida ushbu sovrinni qo‘lga kirita olmagan uch o‘yinchidan biri bo‘lib qolmoqda. Buffon Sesk Fabregas hamda Zlatan Ibragimovich kabi YECHL sovrinidan bebahra qoldi. Eng alam qiladigani, Jiji 124 marta maydonga tushib, uch bor bu turnirning finalida o‘ynagan(2003, 2015, 2017). Ammo g‘oliblik nasib qilmagan.

Manuel Noyer – 124+ marta

«Bavariya»ning seshanba oqshomidagi 2-1 hisobida «Dinamo» ustidan qozongan g‘alabasi guruhni yuz foizlik natija bilan yakunlashga yordam berdi. Bu o‘yin Noyerning 124-marotaba YECHL madhiyasi ostida maydonga tushib kelishi edi. U 2011 yilda «Shalke 04»dan Myunxen shahriga kelganidan beri ikki bor chempionlikni nishonlashga muvaffaq bo‘lgan. Kim biladi, bu mavsum ham ushbu sovrin yana uning jamoasiga nasib etar...

Iker Kasilyas – 177 marta

«Real Madrid» afsonasi 1999 yilda yosh yigitcha sifatida debyut qilganidan so‘ng, 15 yil davomida jamoasining qalqoni bo‘lib keldi. Kasilyas o‘sha mavsumda YECHLda 18 yoshu 177 kunligida qatnashib, turnirning eng yosh futbolchisiga aylangan edi. Mavsum yakunida esa jamoasi bilan «Valensiya»ni mag‘lubiyatga uchratib, turnirni yutgan eng yosh darvozabonga aylanib oladi. Shundan keyin, Kasilyas ushbu sovrinni yutib olishni yana 12 yil kutishiga to‘g‘ri keldi. Karlo Anchelotti «qaymoqranglilar»ni 2014 yilgi finalda «Atletiko» ustidan g‘alaba qozonishini ta’minlab berdi. Hozirda 40 yoshni qarshi olgan afsonaning rekordi, yaqindagina Ronaldu tomonidan yangilandi. Shunga qaramay, Iker YECHL tarixida quruq o‘yin o‘tkazish bo‘yicha haliyam yetakchi sanaladi (59 ta).

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 12:06, 10.12.2021.
O'qildi: 3799 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.