“Goal” nashri xabariga ko‘ra, “Everton” rahbariyati o‘zining 27 yoshli himoyachisi Yerri Minani sotuvga qo‘yishga qaror qilgan.
Manba bergan xabarga ko‘ra, “irislar” tajribali kolumbiyalikni munosib tovon puli, aniqrog‘i - 23 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Eslatib o‘tamiz, futbolchining shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 15-turdan so‘ng liverpulliklarlar hisobida 18 ochko bor va jamoa Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida o‘n ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.