Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Bosh maqsad – “Navbahor”ning shonli davrlarini qaytarish!

Bosh maqsad – “Navbahor”ning shonli davrlarini qaytarish!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonning eng nomdor va nufuzli jamoalaridan biri hisoblangan “Navbahor” 2022 yil uchun vazifalarni belgilab olgani holda, yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqovning tashabbusi bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad-vazifalar belgilandi. Unga ko‘ra, “Navbahor” PFK rahbariyati hamda jamoaning yangi bosh murabbiyi, mamlakatimizdagi eng sovrindor va tajribali mutaxassislardan biri Samvel Babayan hamkorligida “Navbahor”ning shonli davrlaridagi muvaffaqiyatli an’analarini tiklash, “Navbahor” brendini qayta jonlantirish, akademiyadan to asosiy jamoagacha bo‘lgan vertikal tizimni shakllantirish, akademiyadagi futbolchilarni klub va uning an’analarini hurmat qiladigan darajada yuksak professionalizm va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng ustuvor vazifa sifatida belgilandi. “Navbahor” PFK ushbu ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, jamoamiz tarkibini yanada kuchaytirish niyatida katta transferlarni amalga oshirmoqda, yana bir qator mahoratli futbolchilar bilan muzokaralar davom etmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, “Navbahor” PFK Namangan viloyati hokimi rahnamoligida hozirning o‘zida viloyatimizda futbolni rivojlantirishning yangicha hisobotini yuritishni boshlab ulgurdi. Ishonchimiz komilki, bu sa’y-harakatlar, qilinayotgan mehnatlar samarasi yaqin kelajakda “Navbahor”ning ulkan yutuqlari hamda muvafffaqiyatlari misolida yaqqol namoyon bo‘ladi va mamlakatimizda millionlar sevib tomosha qiladigan futbol rivojiga o‘zining katta hissasini qo‘shadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 00:13, 11.12.2021.
O'qildi: 2049 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.