Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

“Kanareykalar“ “qizil iblislar“ga qarshi yoxud “Norvich“ – “Manchester Yunayted“ (prevyu)

“Kanareykalar“ “qizil iblislar“ga qarshi yoxud “Norvich“ – “Manchester Yunayted“ (prevyu)

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun APLda 16 tur o‘yinlariga start beriladi. Bu turda bizni muhim va qiziqarli o‘yinlar kutib turibdi. Shulardan biri sifatida biz “Karrou Roud“da bo‘lib o‘tadigan “Norvich“ – “Man.YUnayted“ jamoalari o‘rtasidagi bahsni ko‘rsatishimiz mumkin. 22:30da boshlanishi rejalashtirilgan mazkur uchrashuvni “Futbol TV“ telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi. Biz hozir mana shu o‘yin haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

“Norvich“

Din Smit boshchiligidagi jamoaning chempionatdagi ishlari juda yomon ahvolda. Klub atigi 10 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini band etib turibdi. Angliyalik murabbiy kelganidan keyin “kanareykalar“ 1 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etdi. Eng quyida yurgan jamoa uchun bu yomon natija emas, aslida. Vaholanki, Din Smit mag‘lub bo‘lganda ham “Tottenxem“ga mag‘lub bo‘ldi. O‘zi tengi klublarga yutqazmadi. To‘g‘ri, Smitning shogirdlari bugun yaqqol autsayder. Ammo shunchaki yutqazib beradi deb ayta olmaymiz. Tarkibda ijrochilar ham, yakunlovchi strayker ham topiladi. Agar ularning o‘yini o‘xshasa, mehmonlar qiynalib qolish ehtimoli katta.

“Manchester Yunayted“

“Mankunianlar“ Sulsher ketgach, natijalarini ancha yaxshilab oldi. Norvegiyalik mutaxassis ketganidan keyin o‘tkazilgan 5ta uchrashuvda manchesterliklar mag‘lubiyatga uchramadi. Ayniqsa, Karrik boshchiligida klub muhim bahslarda yengilmaslikka muvaffaq bo‘ldi.

Hozir Rangnik boshchiligida “qizil iblislar“ juda aktiv futbol ko‘rsatmoqda. Pressingli va tezkor o‘yini bilan raqiblarni qiynab qo‘yayotgan bu yigitlar bugun ham shunday shiddatli harakat qilishi kutilmoqda. Hatto Ronaldularni tinmay yugurtirayotgan Ralf mazkur uchrashuvga ham syurpriz tayyorlab qo‘ygan bo‘lishi tabiiy.

Ko‘ramiz, murabbiylar to‘qnashuvida kim zafar qucharkin? Nemislarga xos tartibli va shiddatli futbol xohlovchi Rangnikmi yoki inglizlarga xos oddiy va natija uchun o‘ynovchi Smitmi? Bunga bugun javob topamiz.

“Norvich“ga oid yangiliklar

Klub safida yo‘qotishlar yo‘q emas. Shusiz ham muammolar girdobida bo‘lib turgan bu jamoaga quyidagi yo‘qotishlar sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkin. Kristoff Simmermann, Milot Rashisa va Brendon Uilyams kabi futbolchilar bugungi bahsda ishtirok eta olmasligi deyarli aniq. Shuningdek, Sem Biramning maydonga tushishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

MYUga oid yangiliklar

Manchester jamoasida esa yo‘qotishlar nisbatan ko‘proq. Qo‘shimchasiga, jarohatdagilarning deyarli barchasi asosiy tarkib o‘yinchilari. Masalan, Edinson Kavani va Pol Pogba bugun maydonda harakatlana olmaydi. Aaron Uan-Bissaka, Rafael Varan, Antoni Marsyal va Nemanya Matichning ahvoli esa noma’lum. Katta ehtimol bilan ular ham bugun klublariga yordam bera olmasa kerak.

Uchrashuvlar tarixi

O‘yinlar soni : 72ta

“Norvich“ : 17 g‘alaba
MYU : 40 g‘alaba
Durang : 15ta

Taxminiy tarkiblar

“Norvich“ : Krul; Xenli, Gibson, Kabak; Aarons, Maklin, Gilmor, Normann, Yannulis; Kentuell, Pukki.

MYU : De Xea; Dalot, Lindelef, Maguayr, Shou; Fred, Maktomini, Fernandesh; Grinvud, Ronaldu, Sancho.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:42, 11.12.2021.
O'qildi: 2171 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.