«Barselona»ning sobiq darvozaboni, hozirda «Valenciya»da o‘ynayotgan Yasper Sillessen La Ligadagi faoliyati davomida ikkinchi golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, 33 yoshli darvozabon 21-asrda La Ligada o‘ynayotgan darvozabonlar orasida eng ko‘p golli uzatma bergan posbonlar ro‘yxatida 2-o‘rindan joy oldi.