Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Qilichbozlik. Jahon kubogini kumush medal bilan yakunladik

Qilichbozlik. Jahon kubogini kumush medal bilan yakunladik

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Jahon kubogi
Rukn: Yangiliklar

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida sablya bo‘yicha jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Turnirda yurtimiz sharafini himoya qilgan qilichbozlarimiz finalgacha mardonavor yetib borishdi. Hal qiluvchi bosqichda vakillarimiz misrlik qilichbozlarga qarshi jang qilishdi, biroq yakunda omad afrikalik sportchilar tomonda bo‘ldi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda rossiyalik qilichbozlar polshalik raqiblaridan ustun kelishdi.

Jahon kubogi, yoshlar.
Sablya, jamoaviy:
1. Misr
2. O‘zbekiston (SH.Mamutov, P.Genjebayev, B.Rasulov, J.Dushamboyev)
3. Rossiya

Shu tariqa, qilichbozlarimiz mazkur musobaqani 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Eslatib o‘tamiz, bunagcha rapirachilarimiz jamoaviy dasturda va sablyachimiz Pazil Genjebayev yakkalikda bronza medali bilan taqdirlangan edi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:51, 12.12.2021.
O'qildi: 1212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик