2018 yilning yozida Ispaniya La Ligasi jiddiy zarbaga uchradi - Madridning “Real” klubi safida to‘qqiz yorqin mavsumdan so‘ng, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu “Santyago Bernabeu”ni tark etdi. Uch yildan so‘ng butun professional faoliyatini “Barselona”da o‘tkazgan argentinalik futbolchi Leo Messi 34 yoshida Kataloniyani tark etishga va “Pari Sen-Jermen” bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi.
Aynan Messi va Ronaldu sabab Ispaniya La Ligasining xorijdagi nufuzi uzoq yillar davomida saqlanib qoldi. Xitoy, Yaponiya, O‘zbekiston, AQSH va Yevropa davlatlarida ko‘plab muxlislar Ispaniya chempionatini faqat argentinalik va portugaliyalikning muvaffaqiyati nimada ekanini bilish uchun kuzatib borishdi. Aytishga hojat yo‘
q, butun dunyo bo‘ylab “el-klasiko”ning ko‘rishdan ko‘ra, Messi va Ronaldu qarama-qarshiligini tomosha qilish qiziqarliroq edi.
Ammo hozir jahon futbolining so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy yulduzlari Ispaniya chempionatida yo‘q, shuning uchun liga rahbariyati va unda ishtirok etuvchi klublar soyada qol masliklari uchun yangi yo‘llarini izlashlari kerak. Moliyaviy jihatdan kuchliroq turnirlar, masalan, Angliya Premyer-ligasidan ortda qolmaslik yo‘llarini qidirish zarur.
2013 yildan beri “Ueska”ning sobiq bosh murabbiyi Xavyer Tebas La Liga prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. U asosiy masalalarda qattiqqo‘lligi, prinsiplarga sodiqligi, muxlislar e’tirof etganidek, pichandan igna topa bilishi uchun olqishlanadi. Shuningdek, Tebas minimal imkoniyatdan maksimal foyda olish imkoniyatini topishni ham uddalaydi. Koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘plab futbol ligalari o‘z daromadlarining katta qismini yo‘qotdi, biroq Ispaniya chempionati bu davrda biznes daromadini 33 foizga oshirib, avvalgi ko‘rsatkichlaridan 140 million yevro ko‘proq foyda oldi.
Albatta, Tebas va uning sheriklarining Angliya Premyer-ligasining kuchi va imkoniyatlari bilan raqobatlashishi nihoyatda qiyin. Xususan, so‘nggi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, inglizlar o‘z chempionatini xorijda sotishni ancha samarali o‘rgangan. Agar La Liga AQSH teleradiokompaniyalari bilan sakkiz yil davomida ushbu shtat bozorida televideniye huquqlarini 1,5 milliard yevroga sotish bo‘yicha kelishuvga erishgan bo‘lsa, u holda Premyer-liga NBC Sports bilan hamkorlikdan 2,12 milliard yevro ishlab oladi.
Bu farq Tebas foydasiga ishlamayapti, lekin La Liga prezidenti uchun chempionatdagi alohida klublar, ayniqsa rahbariyat xatolari tufayli og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazayotgan yuqori darajadagi jamoalar rivojlanishiga ta’sir o‘tkazish haqiqatdan ham juda qiyin. “Barselona”...
2017 yilda “Barsa” sayyoramizdagi futbol klublari ichida eng kuchli va eng yaxshilaridan biri bo‘lib tuyulardi. Bu yerda Lionel Messi, Luis Suares va Neymar o‘ynab, afsonaviy MSN hujum triosini tashkil qilishdi. Biroq, “ko‘k-anorranglilar” asta-sekin kadrlar almashinuvini boshladi. Bu ham klub imidjiga, ham jamoa natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi xato, Neymarning PSJga 222 million yevro evaziga ketishi va kataloniyaliklar braziliyalik futbolchining o‘rniga Filippe Koutinyo transferi kabi unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan xaridlarni amalga oshirish. Yoki Dortmundning “Borussiya”sidan Usmon Dembelening sotib olinishi.
Natijada, “Barselona” ulkan qarzlarga (taxminan 1,35 milliard yevro, bu AQSH va Shimoliy Amerikada La Liganing sakkiz mavsumini namoyish qilish huquqi narxiga deyarli teng). Vaziyat shu darajaga yetdiki, kataloniyaliklar 2021/22 yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki ikki turida birorta ham gol urmadi, nafaqat “Bavariya”ga (0:3), balki “Benfika”ga ham yutqazishdi (0: 3). Muvaffaqiyatsizliklar Ronald Kumanning mavsum davomida ishdan bo‘shatilishiga va futbol maydonida “Barselona” afsonasi bo‘lgan 41 yoshli Xavining murabbiylik roliga kelishiga olib keldi, ammo shu bilan muammolar barham topadimi, yoki yo‘qmi noma’lum.
“Barselona”ning azaliy raqibi – “Real Madrid”ning vaziyati ancha yaxshi. Karlo Anchelotti shogirdlari La Ligada ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda, shuningdek, “Sherif”dan uyida uchralgan shov-shuvli mag‘lubiyatga (1:2) qaramay, hech qanday muammosiz Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqdi.
“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres klubni juda yaxshi biladi va uning barcha tuzilmalarining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. “Galaktikos” davridan so‘ng, Madrid klubi o‘z strategiyasini o‘zgartirdi. Ular istiqbolli yoshlarga pul sarflashni boshladi. Vinisius Junior, Rodrigo va Eduardo Kamavinga jamoada shuning uchun paydo bo‘ldi. Ular bilan birga madridlikning ba’zi sobiq yetakchilari ham ajoyib o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda, ayniqsa Karim Benzemani ko‘plab mutaxassislar, “Oltin to‘p-2021”ni yutish uchun haqiqiy da’vogar deb bilishgan.
Ammo Tebas uchun, shuningdek, butun ispan futboli uchun “Real Madrid”ning hozirgi muvaffaqiyatlari g‘ururlanishga sabab bo‘lmasa kerak. Madrid klubining ichki maydonda munosib raqibi yo‘qligi ham bunga sabab bo‘ladi. “Barselona” muvaffaqiyatsizliklar girdobida bo‘lsa, qolganlari esa “qaymoqranglilar”ga yetarli qarshilik ko‘rsata olmayapti. Ha, “Atletiko” o‘tgan yili Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgandi, ammo hozir Diyego Simeone shogirdlari hamshaharidan 7 ochko ortda qolmoqda. Dastlabki 16 turda Karlo Anchelotti shogirdlari bilan yuz bergan bitta mag‘lubiyat va uchta durangni inobatga oladigan bo‘lsak, faqat ushbu jamoaning muxlislarigina “matraschilar”ning qarshilik ko‘rsatishiga ishonishlari mumkin.
Shu boisdan ham yutqazmaslikka, hattoki La Liga kapitallashuvini tashqi bozorlarda oshirishga erishayotgan Tebasning ishi maksimal tahsinga loyiq. Tajribali menejer endi juda kam va eksklyuziv bo‘lib ko‘rinmaydigan mahsulotdan ko‘proq pul topishni o‘rgandi va o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir oz ko‘proq foyda ko‘rdi. Shu sababli, hozirda Messi va Ronaldusiz La Liga ko‘proq o‘sib bormoqda. Ammo birgina Tebasning bunday tendensiya doimiy bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlari ertami-kechmi yetarli bo‘lmaydi. Demak, “Barselona”, “Atletiko”, “Sevilya”, “Valensiya”, “Vilyarreal” va boshqalar jamoalr bu jarayonga albatta qo‘shilishlari yoki ular Premyer-liga bilan raqobatni abadiy unutishlari kerak.