Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

“Real Madrid” – UYEFA xatolarining asosiy qurboni

“Real Madrid” – UYEFA xatolarining asosiy qurboni

Baho:
+ | -

UYEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimida to‘rtta xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu esa tarixda birinchi marta bir bosqichga ikki marta qur’a tashlanishiga olib keldi.

Shu sabab, ikkinchi marta juftliklarni shakllantirish qaysi jamoalar uchun omadsiz kechgani, shuningdek, qaysi klublarga omad kulib boqqani haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik.

 

Asosiy qurbon – “Real Madrid” 

Qayta qur’a tashlanish jarayoni “qaymoqranglilar” uchun juda omadsiz kechdi, chunki dastlab “Real”ga nisbatan osonroq bo‘lgan “Benfika” raqib bo‘lgandi.  

Endi madridliklar dastlab “Manchester Yunayted”ga raqib bo‘lgan PSJga qarshi o‘ynashga majbur bo‘ladi. Ikkinchi savatchadagi jamoalar ichidagi eng qiyin raqib “Real”ga tushdi, chunki Messi-Mbappe-Neymar kabi futbolchilarning umumiy narxi “Benfika”ning butun tarkibidan qimmatroq.

Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” Chempionlar ligasining qayta qur’a o‘tkazilishiga qarshi chiqdi, chunki tadbir davomida madridliklarning raqibi aniqlangandan keyin xatoliklar yuz berdi.”Qaymoqranglilar” rahbari Florentino Peres shaxsan UYEFAdan o‘z klubiga raqib almashtirmaslikni so‘ragan, biroq rahbariyat bunga rad javobini bergan. Bunga katta ehtimol bilan Superligani yaratishga bo‘lgan urinishlar sabab bo‘lgan bo‘lib. Chunki, shu tufayli Yevropa futbol ittifoqi va “Real” o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy ravishda yomonlashgan.

 

“Inter” - qayta qur’aning ikkinchi qurboni

Milan klubiga ham omad kulib boqmadi, chunki dastlab “Ayaks” bilan o‘ynashi kerak edi, ammo endi “neradzurrilar” “Liverpul” bilan to‘qnash kelishlari kerak. Har holda, tarkibida, Saloh, Mane, Jota va Firmino kabi futbolchilarga ega bo‘lgan jamoaga qarshi o‘ynash ko‘pchilikni xursand qilmasa kerak.

“Inter” “Zalsburg” o‘rniga Yurgen Klopp shogirdlari bilan o‘ynaydi. Endi Yevropaning ikkala gigant jamoasi qaysi biri kuchli ekanini, ushbu qarama-qarshilikda bilib oladi.

 

Qaysi jamoalarga omad kulib boqdi?

Myunxenning “Bavariya” klubi dastlab “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘ynashlari kerak edi, ammo ispanlarning noroziligidan so‘ng, jamoalar uchun raqiblarni tanlash bo‘yicha ikkinchi qur’a o‘tkazildi. Endi myunxenliklar Avstriya chempionati g‘olibi bo‘lgan “Zalsburg”ga qarshi o‘ynashlariga to‘g‘ri keladi.

 

Shuningdek, ushbu jamoalar orasida eng omadlisi deya “Chelsi”ni aytib o‘tish mumkin. Negaki, London klubi har ikki qur’a jarayonida ham Fransiyaning “Lill” jamoasiga qarshi tushdi. Nisbatan osonroq raqibga qarshi ikki qur’ada ham tushgan jamoa omadli bo‘lmay, yana kim omadli bo‘lishi mumkin?!  

“Ayaks”ga ham keyingi natijalardan shikoyat qilish yarashmaydi, chunki Amsterdam klubi “Inter” o‘rniga “Benfika”ni raqib qilib oldi. Gollandiyaliklarning ajoyib o‘yinlaridan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, ushbu bahsda “Ayaks” yaqqol favorit. Ammo, maydon tekis, to‘p yumaloq...

 

Har ikki qur’ada ham bir xil saviyadagi klublarga qarshi tushgan jamoalar

“Yuventus” har ikki juftliklar shakllantirishidan ham xafa bo‘lmasa kerak, chunki turinliklar dastlab “Sporting”ga qarshi, keyin esa  “Vilyarreal”maydoniga safar uyushtirishadi. “Sariq suv osti kemasi”ga kelsak, ularning pozisiyasi deyarli o‘zgarmadi, aksincha nisbatan o‘ynasa bo‘ladigan jamoaga qarshi tushishdi. Shunchaki, endi ular “Man Siti”ga emas, “Yuventus”ga tashrif buyurishadi. Har ikkala o‘yinda ham ispanlar favorit bo‘lmaydi.

 

“Manchester Yunayted” oldin PSJ jamoasiga qarshi tushgandi. Keyin esa Madridning “Atletiko” klubiga qayta tushishdi. “Qizil iblislar”ga deyarli bir xil pozisiyadagi raqiblar tushdi. “Matraschilar” ham xuddi shunday holatda – “Bavariya” o‘rniga klub “qizil iblislar” bilan o‘ynashi kerak. Bir qarashda endi osonroq bo‘lishi kerak edi, ammo Ole- Gunnar Sulsher ishdan ketgandandan keyin “Manchester Yunayted”ning natijalari ancha yaxshilandi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 14:34, 14.12.2021.
O'qildi: 12136 marta.
Fikrlar: 83 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.