Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Zanetti "Inter"ga Chempionlar ligasi qur’asini izohladi

Zanetti "Inter"ga Chempionlar ligasi qur’asini izohladi

Baho:
+ | -

Texnik xato tufayli Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi dushanba kuni ikkinchi marta o‘tkazilishi kerak edi. Birinchi holatda "Inter"ga "Ayaks", ikkinchisida esa "Liverpul" tushdi. Milan klubi vise-prezidenti Xaver Zanetti vaziyat haqida gapirdi.

“Biz qur’ada tushgan jamoa bilan o‘ynaymiz va “Liverpul” bilan kurashishga tayyormiz. Bu top klub, lekin biz ham shu ro‘yxatdamiz. "Inter" ajoyib tarixga ega.

O‘n yil ichida birinchi marta pley-offga chiqish juda yoqimli. "Inter" bu bosqichni juda uzoq vaqt o‘tkazib yubordi va qaytish ajoyib bo‘ladi. "Liverpul" - top jamoa, ammo biz "Inter"miz va biz ularga qarshi eng yaxshi tarzda o‘ynashimiz kerak", - deya Zanetti so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Kiritildi: 16:01, 14.12.2021.
O'qildi: 2390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик