Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

“Kurash haftaligi” hamyurtlarimizga quvonch ulashmoqda

“Kurash haftaligi” hamyurtlarimizga quvonch ulashmoqda

Baho:
+ | -

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab katta kurash bayrami o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston kurash federasiyasi tomonidan 13-20 dekabr kunlari mamlakatimizda “Kurash haftaligi” e’lon qilindi. Joylarda haftalik doirasida kurash musobaqalari, seminarlar, uchrashuvlar tashkil etilishi belgilanib, bu orqali Prezidentimiz ilgari surayotgan g‘oya – sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, yurtdoshlarimizga o‘z qadriyatlariga hurmat ruhini singdirish, hamda kurash sporti bilan shug‘ullanuvchilar safini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

E’tiborlisi, “Kurash haftaligi” doirasidagi bir qator sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Jumladan, Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida “Prokuratura polvoni” respublika turniri o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Mazkur haftalikning ochilish marosimi ham tantanali ruhda o‘tkazilib, milliy urf-odatlarimiz, an’analarimizni o‘zida mujassam qilgan badiiy chiqishlarga boy bo‘ldi. Tadbirda so‘z olgan MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov davlatimizning kurashni qo‘llab-quvvatlashga qaratayotgan e’tiboriga alohida to‘xtalib, musobaqa ishtirokchilariga omad tilab o‘tdi.

Bugun haftalik doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati, 18 dekabrda talabalar o‘rtasida xalqaro turnir, 19 dekabrda esa “O‘zbek polvoni” respublika turniri hamda 20 dekabrda klublar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston kurash federasiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu kurash musobaqalarining tizimli o‘tkazilishi natijasida mamlakatimizning ikki mingdan ziyod yoshlarini sport mashg‘ulotlari bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 11:10, 17.12.2021.
O'qildi: 1295 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.