Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

Saloh Kloppdan, Klopp rahbariyatdan andisha qilmoqda

Saloh Kloppdan, Klopp rahbariyatdan andisha qilmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» va Saloh o‘rtasida yangi shartnoma imzolash qiyin kechmoqda. Muhammad Salohning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. Bungacha hali 18 oy vaqt bor. Ammo misrlik futbolchi o‘z klubidan tushayotgan taklifga rozi bo‘lishga shoshilmayapti. O‘tgan hafta Yurgen Kloppdan ushbu vaziyat haqida so‘rashdi va uning bu boradagi javobi juda xotirjam ko‘rinish oldi. «Maqsadimiz aniq, lekin bu kabi jiddiy jarayonlar ancha vaqt talab etadi», - deydi Klopp.

Muxlislarga ham vaziyat shunday tuyulmoqda, lekin nima sababdan misrlik futbolchi uzoq vaqtdan beri o‘z kelajagi haqida aniq qaror qabul qila olmayapti? Va u nimani xohlaydi? Bu kabi savollar ingliz va unga yondosh xorij matbuotida ko‘plab uchraydi. Bundan chiqadigan birinchi xulosa shuki, Saloh «Liverpul»da faqat pulni o‘ylamaydi. U hali ham kuchli ambisiyaga ega va jamoasi bilan hamon g‘alabalarga chanqoq. Ayni dam uning ko‘plab sheriklari allaqachon o‘ttizga kirib ulgurishgan - Firmino, Xenderson, van Deyk. Mane 29 yoshda, Fabinyo esa 28. Saloh hozir jamoada barcha sherklariga ruhiy qalqon vazifasini o‘tab berayotgani sir emas. U joriy mavsum «qizillar» qo‘lga kiritayotgan g‘alabalarda muhim rollarni bajaryapti.

Jumladan, 21 ta o‘yinda maydonga tushgan Muhammad hisobida joriy mavsum 20 ta gol mavjud. Biroq shunga qaramay maosh borasida u ancha kamtar. Texnik salohiyati juda yuqori bo‘lgan o‘yinchi bugungi zamonaviy futbolda maoshi bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallaydi. «Liverpul»da van Deykdan keyin ikkinchi o‘rinni band etgan. Uning agenti bilan suhbatlarda haftasiga 300 000 funt maosh to‘lanishi haqida gap-so‘zlar matbuotga sizib chiqdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham Saloh bunga to‘liq haqli.

Asosiysi, u «Liverpul»da qolishni istayapti. Saloh bu haqda oktyabr oyidayoq aytgan va butun faoliyatini «Liverpul»da o‘tkazishini yana bir bor ta’kidlagan edi.

«Agar sizni bu savol qiziqtirsa, men faoliyatimning qolgan qismini shu yerda o‘tkazmoqchiman, lekin hammasi menga bog‘liq emas. Hammasi klubning xohishiga havola», - degandi o‘shanda Saloh.

Hech ham shubha yo‘qki, u Yurgen Klopp bilan mustahkam o‘rnatilgan munosabatga ega. Ammo misrlik muxlislar va futbolchilar orasida qanchalik mashhurlikka ega bo‘lmasin, u rahbariyat tomonidan ham yuqori ishonch bildirilishini xohlaydi. U Misrning MBC Masr telekanaliga bergan intervyusida bunga sha’ma qildi: «Sening joriy transfer summang klub seni qanchalik qadrlashidan dalolat beradi». Kloppdan bu haqida so‘rashganda nemis mutaxassisi aniq javob berishdan o‘zini olib qochdi. U ikki oradagi sirni yashirgandek taassurot uyg‘otadi.

«Liverpul» shartnomasi tugashiga bir yil qolgan futbolchini mantiqan shoshirishga haqqi bor. Biroq bu yerda taklif etilgan shartnoma holatiga ham e’tibor berish kerak. U futbolchini moliyaviy jihatdan qanchalar qoniqtiryapti? «Qizillar» rahbariyatining esa bu borada «tili qisiq» joyi bor. Ushbu masalada ortiqcha bahslashib bo‘lmaydi. Biroq Salohga kelayotgan takliflar va erkin agent maqomining qanchalik xavfli ekanini ham unutmaslik kerak.
Klub sport direktori Maykl Edvards yozda «Liverpul»ni tark etadi va bu Muhammadning yangi shartnoma tuzishiga va uning o‘zi uchun imkon qadar qoniqarli ko‘rinish olishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Kiritildi: 05:00, 18.12.2021.
O'qildi: 5769 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.