Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«MYU» murabbiylar shtabining yana bir a’zosiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi

«MYU» murabbiylar shtabining yana bir a’zosiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning murabbiylar shtabidagi katta vakili Kiran Makkenna klubni tark etdi. U «Ipswich Town»ga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

35 yoshli Makkenna birinchi liga klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi. Endi shanba kuni uning jamoasi o‘z maydonida «Sanderlend»ga qarshi bahs olib boradi. Makkenna «Yunayted»ga U- 18 jamoasi murabbiyi sifatida qo‘shilib, keyinchalik Joze Mourinyoning murabbiylar shtabiga jalb qilingan edi. U Ole-Gunnar Sulsherning murabbiylar jamoasida ham muhim rol o‘ynagan. Shunga qaramay, «Yunayted» unga chiqish eshiklarini ko‘rsatishga qaror qildi. Irlandiyalik mutaxassis esa o‘zini bosh murabbiy sifatida sinab ko‘radi.

Kiran Makkenna ushbu hodisaga shunday izoh beradi: «So‘nggi besh yil davomida «Manchester Yunayted»da ishlash men uchun sharaf. 2016 yilda U-18 terma jamoasiga murabbiy sifatida kelganimda men dunyoning eng yaxshi klubida ishlayotganimni his qilganman. U yerda bolalar uchun ajoyib sharoit yaratilgan edi va anchayin iqtidorli o‘yinchilarni tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ldim.

Men har doim Mourinyo va Sulsherdan buning uchun minnatdorman. O‘tgan to‘rt yil ichida men ulardan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim va bunday fidoyi murabbiylar guruhi bilan ishlash men uchun zavq bag‘ishlaydi. Shuningdek, Ralf Rangnikka ham minnatdorchilik bildirmoqchiman, u bilan ishlagan qisqa vaqtim menga manzur keldi va u ko‘rsatgan unsurlarni kelgusi faoliyatimda ham qo‘llashga harakat qilaman.

«Murabbiylik sohasidagi turli lavozimlar davomida mening asosiy maqsadim doimo bosh murabbiy bo‘lish edi va bu endi ushalish arafasida. Ajoyib tarixga ega klub - «Ipswich Town»da murabbiy bo‘lish uchun zo‘r imkoniyatga ega bo‘lgan edim. Undan foydalandim. Men yillar davomida birga ishlagan xodimlar va futbolchilarga minnatdorchilik bildirmoqchiman va albatta Ralfga omad tilayman», - deydi Makkenna.

«MYU» sport direktori Jon Murto jamoaning murabbiylar shtabidagi sobiq xodimi haqida shunday deydi: «Kiran juda ham iste’dodli murabbiy, u klub uchun foydali futbolchilarni yetishtirishda muhim rol o‘ynadi. 18 yoshgacha bo‘lgan terma jamoa tarkibida ko‘plab yoshlarning rivojlanishida Makkennaning hissasi katta. U yillar o‘tib asosiy jamoaning murabbiylar shtabidagi muhim a’zosiga aylandi, bu yerda uning o‘yinga bo‘lgan o‘tkir yondashuvi va chuqur mehnati yuqori baholanadi. Endi u bosh murabbiy sifatida o‘z yo‘lini davom ettirish imkoniyatiga ega va «Manchester Yunayted»da hamma unga omad tilaydi», - deydi Murto.

Kiritildi: 08:00, 18.12.2021.
O'qildi: 4334 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик