Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

“Bunyodkor” “Neftchi” safida U-18 jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan futbolchilar va murabbiy bilan shartnomalar imzoladi

“Bunyodkor” “Neftchi” safida U-18 jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan futbolchilar va murabbiy bilan shartnomalar imzoladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 18 dekabr kuni, “Bunyodkor” futbol klubi ofisida yangi yosh va iqtidorli bo‘lgan futbolchilar bilan mehnat shartnomalari imzolash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Farg‘onaning “Neftchi” U-18 jamoasi tarkibida 2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston chempionligiga erishishgan 4 nafar futbolchi va murabbiy o‘zlarining keyingi taqdirlarini “qaldirg‘ochlar” bilan bog‘lashdi. “Neftchi” U-18 jamoasiga oltin medallarni keltirgan bosh murabbiy Aziz Alijonov hamda futbolchilar Muhammadali Xolmatov, Humoyun Bozorboyev, Oblayorbek Rahmatov va Odiljon Nabiyev har biri “Bunyodkor” klubi bilan 3 yilga mo‘ljallangan professional mehnat shartnomasiga imzo chekishdi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, M.Xolmatov va O.Rahmatov yaqinda, 6-15 dekabr kunlari tashkil etilgan O‘zbekiston U-18 yoshlar terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashgan edilar.

Futbol ishqibozlariga o‘zining o‘yinchilik davridan buyon judayam yaxshi tanish Aziz Alijonov U-21 yoshlar jamoamiz murabbiylar shtabiga qo‘shiladi. Kelajakdagi rejalarimizni batafsil bayon etganimizda, menimcha, ular yosh mutaxassisga manzur keldi.

“Neftchi” safida 2021 yili o‘z yosh toifalarida chempionlikni qo‘lga kiritgan yosh iqtidorlarni jamoamizga olib kela olganimizdan xursandmiz. Ishonamizki, qisqa vaqt ichida ular asosiy jamoa eshiklarini zabt etishadi. Biz har doim asosan yoshlarga e’tibor qaratamiz. Mavsum startiga qadar tarkibimizga yana boshqa bir qancha talantli futbolchilarni jalb etishni mo‘ljallaganmiz”, - dedi yangi futbolchilar bilan shartnomalar imzolash chog‘ida “Bunyodkor” futbol klubi direktori Ulug‘bek Mirzayev.

Manba: Бунёдкор матбуот хизмати
Kiritildi: 19:23, 18.12.2021.
O'qildi: 1412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.