Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Gol urishni juda yaxshi ko‘radi, ammo hujumchi emas. Unda kim?!

Gol urishni juda yaxshi ko‘radi, ammo hujumchi emas. Unda kim?!

Baho:
+1 | -

Har bir futbolchi o‘zi o‘ynaydigan pozisiyani maydonning eng murakkab qismi deb hisoblaydi. Ammo adekvat ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, qolganlaridan ancha ko‘p va mashaqqatli ishni bajaruvchi futbolchilar bu hujumkor yarim himoyachilardir. Ular gol uradi, ular uzatma beradi, ular chiziqlarni bog‘laydi, ular himoylanadi...
Xullas, qiladigan ishi va oladigan ma’suliyati og‘ir. Shu sababdan ularni qadrlash lozim. Quyida siz bilan ana shunday futbolchilarning 2021 yildagi eng yaxshilari to‘g‘risida gaplashamiz.

Bernardu Silva – «Manchester Siti»

O‘yinlar: 47ta
Maydonda: 3706 daqiqa
Gollar: 9ta
Golli uzatmalar: 11ta
Vaziyatlar yaratish: 51ta
Zarbalar: 54ta
Aniq zarbalar: 25ta

Muxlislardan yig‘ilgan ovozlarga ko‘ra, portugal o‘g‘loni bu nomga loyiq ko‘rildi. Yaqin yillardagi uning nomi bilan bog‘liq ko‘plab mish-mishlar ancha urchib ketgan edi. Emishki, Silva «Man Siti»da baxtli emas. Biroq ushbu futbolchi 2021 yildagi o‘yinlari bilan o‘ziga qaratilgan har xil gaplarga nuqta qo‘ydi. APLdagi eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilar qatorida u dastlabki o‘rinni egalladi. Bilasiz, Pep jamoasining hujum chizig‘i o‘ta murakkab ishlangan. Ammo Silva bilan ushbu ko‘rinish ancha soddalashdi.

Neymar – «PSJ»

O‘yinlar: 33ta
Maydonda: 2556 daqiqa
Gollar: 11ta
Golli uzatmalar: 8ta
Vaziyatlar yaratish: 80ta
Zarbalar: 90ta
Aniq zarbalar: 30ta

Neymar o‘zining chap qanot hujumchisi sifatidagi pozisiyasini hujumkor yarim himoyachinikiga o‘zgartirgan edi. Aytishki mumkinki, u bu ishni yaxshi eplab kelmoqda. Ha, bu yil Neymar uchun ancha omadsiz kechdi. Aksiga olib, uning klubi «Lill»ga mamlakat yetakchiligini berib qo‘ydi. U ham yetmaganidek, «Manchester Siti» parijliklarni YECHL yarim finalida mag‘lubiyatga uchratdi. Dard ustiga chipqon deganlaridek, Neymar boshchiligidagi, Braziliya terma jamoasi Leo Messining Argentinasiga Kopa Amerika bosh sovrinini topshirishga majbur bo‘ldi. Shuncha omadsizliklari sabab, u nega bu ro‘yxatga kiritilgan, degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta. Buning sababi shuki, u maydonda bo‘lganida jamoasi joniga doimo oro kiradi. Qolaversa, uni muxlislar hali ham ardoqlaydi. Shu sabab ham Neymar 2021 yilning yaxshilari qatoridan joy olgan.

Brunu Fernandesh – «MYU»

O‘yinlar: 54ta
Maydonda: 4328 daqiqa
Gollar: 18ta
Golli uzatmalar: 17ta
Vaziyatlar yaratish: 129ta
Zarbalar: 150ta
Aniq zarbalar: 53ta

«Manchester Yunayted» uchun sovrinsiz yakunlanayotgan yana bir yil, muxlislarga qayg‘ulidir. Ammo jamoaning qisqa vaqtda yetakchisiga aylangan Brunu Fernandesh uchun emas. Portugaliyalik maestro o‘zi o‘ynagan bahslarda o‘yinga tezda ta’sir ko‘rsata oladi. Uning yuqoridagi statistikasi ham buni ifodalab turibdi. Bu mavsumdan unga Krishtianu Ronalduning qo‘shilishi esa, Brununing harakatlarini yanada samarali qildi. «MYU» muxlislarining yoqimtoyi bu yil yakunlariga ko‘ra, eng mahsuldor futbolchilardan biriga aylandi.

Tomas Myuller – «Bavariya Myunxen»

O‘yinlar: 45
Maydonda: 3594 daqiqa
Gollar: 12ta
Golli uzatmalar: 23ta
Vaziyatlar yaratish: 124ta
Zarbalar: 70ta
Aniq zarbalar: 29ta

2020 yildagi Myuller ikki jihati bilan muxlislar yodida qolgan edi. Ulardan biri, «Barselona»ni tor-mor(8-2) etishda faol ishtiroki bo‘lsa, boshqasi futbolchi sifatida qaytadan kashf etilganidir. U hozirda Yevropaning eng yaxshi kreativlaridan biridir. Myuller o‘z hujumchisi Robert Levandovski bilan soat kabi bir xil va aniq harakat qiladi. O‘n karra Germaniya chempioni xuddi toza vinoga o‘xshaydi: vaqt o‘tgani sari, qadri va sifati oshib boraveradi...

Kevin De Bruyne – «Manchester Siti»

O‘yinlar: 37ta
Maydonda: 2547 daqiqa
Gollar: 11ta
Golli uzatmalar: 8ta
Vaziyatlar yaratish: 87ta
Zarbalar: 87ta
Aniq zarbalar: 29ta*

Maydonga tushish va unda harakat qilishning soni hamda vaqtiga qaraydigan bo‘lsak, bu De Bruynening eng nofaol yili hisoblanadi. Ammo u boshqa yillardagiga qaraganda katta ko‘lamdagi ishni bajardi. Xususan, yana bir bor APL chempioniga aylandi. Ketma-ket yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga ikkinchi bor loyiq topildi. Bu orqali u ushbu nomga erishgan Terri Anri hamda Ronaldudan keyingi uchinchi futbolchiga aylandi. To‘g‘ri, ko‘plarda bo‘lgani singari, belgiyalikka ham jarohatlar halaqit berdi va berib kelmoqda. Lekin u maydonda oldingidagidek, raqiblar uchun eng xavfli ob’ektlardan biri bo‘lib qolaveradi. Hujumkor yarim himoyachining yorqin namunasi Kevin De Bruyne harakatlarida yaqqol o‘z aksini topgan.

Shunday qilib, bugun sizga turli xil ko‘rsatkichlar hamda muxlislar ovozi asosida eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilar nomini taqdim etdik. Sizchi, siz nima deb o‘ylaysiz? Bu yili kimlar aynan ushbu pozisiyada yaxshi ko‘rinish berdi?

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com

* Барча статистик маълумотлар StatsPerform(www.statsperform.com) томонидан тақдим этилган. Ушбу натижалар футболчиларнинг 2021 йилнинг 1 январидан то 2021 йилнинг 30 ноябрига қадар бўлган давр ичидаги ҳаракатлари асосида шакллантирилган

Kiritildi: 22:23, 18.12.2021.
O'qildi: 6807 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.