Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

La liga. «Atletiko M» turning markaziy o‘yinida «Sevilya»ga yutqazib qo‘ydi (videosharh)

La liga. «Atletiko M» turning markaziy o‘yinida «Sevilya»ga yutqazib qo‘ydi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Atletiko Madrid» 18 dekabr, shanba kuni «Sevilya» bilan bahs yuritdi.

Turning markaziy o‘yini maqomida o‘tgan o‘yinga «Sevilya» mezbonlik qildi. Uchrashuvda hisob Ivan Rakitich tomonidan 7-daqiqada ochildi. 33-daqiqaga kelib esa mehmonlar Felipening goli evaziga muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq o‘yin yakunlanishi arafasida Lukas Okampos «Sevilya»ga uch ochko keltirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa, «matraschilar» safardagi qiyin o‘tgan bellashuvda mag‘lubiyatga uchradi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Sevilya» 37 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. «Atletiko M» esa 29 ochko bilan 5-pog‘onani band etgan.

La liga, 18-tur bahsi
18 dekabr, shanba
«Sevilya» — «Atletiko M» 2:1
Gollar: 1:0 – 7 Rakitich, 1:1 – 33 Felipe, 2:1 – 88 Okampos.
«Sevilya»: Bunu, Montel (Gudel, 29), Diyego Karlos, Kunde, Rekik, Rakitich, Dileyni, Jordan (Akunya, 54; Augustinsson, 85), Gomes (Munir, 84), Okampos, Ivan Romero (Rafa Mir, 54).
«Atletiko»: Oblak, Trippyer, Kondogbia, Felipe, Ermoso, Karrasko, Koke, Lemar, Lyorente (de Paul, 40), Suares (Mateus Kunya, 57), Korrea (Joau Feliks, 46).
Ogohlantirishlar: Rekik (66), Gomes (68), Montel (69), Mateus Kunya (90).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:45, 19.12.2021.
O'qildi: 2757 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик