Dushanba kuni APLnng favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Ular koronavirusning futbolga ta’siri, chempionatning ehtimoliy to‘xtatilishi va boshqa masalalarni muhokama qilishadi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, Premyer-liganing ba’zi klublari emlanmagan o‘yinchilarni infeksiya xavfi ortishi sababli alohida mashg‘ulotlar olib borishlarini va o‘yinlarga borishlarini xohlashadi.
Qayd etilishicha, bir qator klublar yangi, qattiqroq protokollarni talab qiladi.