Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Frenki de Yong statistika shinavandasi!

Frenki de Yong statistika shinavandasi!

Baho:
+1 | -

Barca Innovation Hub («Barselona»ning sport fanlari, ta’limi va o‘yinlar tahlillari markazi) bir necha hafta oldin 5 kunlik konferensiya o‘tkazdi - Sports Tomorrow Congress 2021. Unda futbol tibbiyoti, murabbiylik, fizioterapiya va hattoki, ovqatlanish tartibi, biznes yo‘nalishlari tahlil qilindi. Tadbir tashabbuskorlari - «Ayaks»ning tahliliy bo‘limi rahbari Vosse de Bode xonim va ...Frenki de Yong. Umuman olganda, futbolchilar haqida batafsil ma’lumot to‘plash masalasida Amsterdam jamoasi oldiga tushadigani yo‘q. De Bode rahbarligidagi bo‘limning asosiy maqsadi - ma’lumotlarni futbol darajasiga ta’sir ko‘rsatadigan qo‘llanmaga aylantirish. Diqqatga sazovor tomoni, «Ayaks» bunda ishlanmalarni sir saqlamaydi, aksincha, ma’lumotlarni doimiy ravishda omma e’tiboriga havola qiladi. Qolaversa, klub murabbiylari va tahlilchilari o‘rtasida a’lo darajada aloqa o‘rnatilgan. Xususan, ko‘plab futbolchilar ham tahlilchilar bilan statistik ma’lumotlarni ko‘rib chiqishlari mumkin. Mana, Vosse de Bode va «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong ishtirokidagi birinchi ommaviy muloqot bunga yaqqol dalil.

De Bode: - Esimda, «Ayaks»­dagi debyutingdan keyin ayrim teletahlilchilar senda mahorat chakki emasligi, biroq hech qachon yuqori saviyali futbolchi bo‘lolmasligingni, bunda quvvatting yetishmasligini aytishgandi. Keyinchalik ofisga kelib, sprinterlikka daxldor shaxsiy statistikang qaydayligiga qiziqqanding. O‘shanda aynan nimani ko‘rishni xohlaganding?

De Yong: - Albatta, tezligim yetarli darajada ekanligiga ishonch hosil qilishni o‘ylaganman. «Ayaks»da turli sinovlar bor edi - 10 yoki 20 metrga yugurish, chaqqonlik, sakrash, kuch-quvvatni o‘lchash... O‘ylaymanki, bularning barchasi yosh futbolchining kamol topishida katta yordam beradi. Misol uchun, men doimo bir yil oldingi natijalarimga qarayman. Shu tariqa ko‘rsatkichlarim yaxshilanayotgani va tahlilchilar nohaq ekanliklariga ishonch hosil qilishim mumkin.

De Bode: - Demak, shaxsiy statistikaga qarash ishonch bag‘ishlaydi, shundaymi?

De Yong: - Ha. Har holda, «Sen yetarli darajada tez yoki aqlli emassan» qabilidagi xulosani eshitib, keyin statistika bo‘yicha jamoada eng yaxshilar qatorida ekanliging­ni ko‘rsang, bu kuch beradi, albatta.

De Bode: - Faoliyating davomida ob’ektiv ma’lumotlar yordami qanchalik sezilmoqda? Bu borada biror marta tahlilchilar guruhiga ham murojaat qilganmisan?

De Yong: - O‘ylaymanki, ma’lumotlarning foydasi katta. O‘zimni jamoadoshlarim, raqiblar bilan solishtirishda hamisha statistikaga murojaat qilaman. Matteys de Ligt bilan qanday raqobatlashganimiz va har bir test ko‘rsatkichi bo‘yicha yaxshiroq natija ko‘rsatishni xohlaganimiz esimda. Bu juda qiziqarli va foydali.

De Bode: - Futbolchi statistik ma’lumotlarni to‘plab borishi kerakmi yoki barchasi tahlil guruhida qolishi yaxshi?

De Yong: - Menimcha, hammasi klubdagi ish tizimiga bog‘liq. Misol uchun, «Ayaks»da turli hisobotlar tayyorlab berishlarini so‘rardik. «Barselona»da esa sal boshqacha. Nima bo‘lgan taqdirda ham, imkon qadar ko‘proq ma’lumot olishni istayman va bu masalada tahlilchilarga tez-tez iltimos qilishim ham mumkin.

De Bode: - Aynan qaysi jihatlar statistikasiga ko‘proq qiziqasan?

De Yong: - Tezlik, sur’atni oshirish va sekinlashish uchun ketadigan vaqt, shuningdek, uzatmalar bo‘yicha ma’lumotlar muhim.

De Bode: - Raqiblar haqidachi?

De Yong: - Ba’zan o‘yindan oldin raqiblar ko‘rsatkichlariga ham qiziqarman, lekin o‘z o‘yinim haqida ko‘proq bilishni istayman, baribir.

De Bode: - Nima, raqibning tezligi, qanday harakatlanishi qiziqtirmaydimi?

De Yong: - Ko‘pincha aynan menga qarshi o‘ynaydigan futbolchining statistikasiga qarab, to‘pni qanday va qayerda uzatishiga e’tibor qarataman. Menimcha, ham futbolchilar, ham murabbiylar uchun deylik, raqibning qarshi hujum boshlaydigan vakili o‘yinini o‘rganish juda muhim.

De Bode: - Futbolchilarga qanday statistikani ko‘rsatish o‘rinsiz?

De Yong: - Menimcha, har bir futbolchi o‘zi uchun eng zarur jihatlarni aniqlashtirib olishi kerak. Hammasi xuddi muayyan dasturdagi kabi - xohlasang, qaraysan, aks holda, yo‘q. Shaxsan o‘z misolimda aytsam, avvalo, ko‘rsatkichlarimni menga qarshi o‘ynaydigan futbolchilarniki bilan solishtirib ko‘raman. Shu asnoda saviyani oshirishga intilaman, yana qaysi yo‘nalishda o‘sishim zarurligini bilib olaman.

De Bode: - Statistik ma’lumotlar agentlarga ham qo‘l kelishi mumkinmi? Deylik, potensial mijozni baholashda.

De Yong: - Albatta. Hozirda agentlar muayyan futbolchiga «Bu yigit o‘yin uslubi bo‘yicha La Liga klubiga mos keladi» qabilida ta’rif berishadi. Ular bunda ko‘proq aynan statistik ma’lumotlarga tayanishadi. Umuman, futbolchining ko‘rsatkichlariga qarab, uning qanday uslubga moyilligi bo‘­yicha ma’lum tushuncha topish imkoni bor. To‘g‘ri, futbolchining ichki tuyg‘usini ham unutmaslik kerak, albatta.

De Bode: - Oddiy bir misol: Kevin de Bryuyne o‘z qadrini ko‘rsatish uchun statistik ma’lumotlardan keng foydalangan. O‘zingni boshqalar bilan solishtirishda kimdir bilan maslahatlashasanmi?

De Yong: - Ha. Esimda, yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib borilayotganida, shunday qilgandim. Siz turli ma’lumotlardan foydalansangiz, o‘z haqingizda birovning fikri emas, balki aniq faktlarni olasiz.

De Bode: - Hozir «Barsa» tahlilchilaridan asosan qanday statistik ma’lumotlarni so‘rayapsan?

De Yong: - Har doim o‘yinlar va mashg‘ulotlardan keyin turli ma’lumotlarni olaman. Ba’zida yaxshi shug‘ullanganimni his qilaman, lekin ma’lumotlarga qarab, nimalarda yanada a’loroq harakatlanish mumkinligini aniqlayman. Asosiysi, ma’lumotlar haqiqiy kartinani ko‘rishga yordam beradi. Misol uchun, «Barsa»da sprinterlik va chaqqonlik bo‘yicha testlar kam, lekin ma’lumotlarga qarab, qaysi yo‘nalishda ishlash kerakligini tushunish mumkin.

De Bode: - Har qanday taktik ko‘rsatkichlar foydalimi?

De Yong: - Ha, ayniqsa, hujum uchligiga uzatmalar bo‘yicha ma’lumot olib turishim kerak. Ko‘pincha shaxsiy statistikamni «Instagram»dagi sahifamga ham joylashtiraman, lekin bu avvalo, o‘zim uchun kerak.

De Bode: - Xo‘sh, tahlilchilar sifatli ma’lumot yetkazish uchun nimalarga e’tibor qaratishlari kerak?

De Yong: - Agar statistik ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan yaxlit ilova bo‘lsa, undan keng foydalanardim.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:41, 20.12.2021.
O'qildi: 2613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.