Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon 2-0 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

VAR hakamlarini tayyorlaydigan maxsus seminar bo‘lib o‘tdi

VAR hakamlarini tayyorlaydigan maxsus seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FAda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning futbol hakamlari uchun maxsus 2 kunlik VAR seminari tashkil etildi. Unda VAR tizimining joriy etilishi, uchrashuvlarda uning qo‘llanilishi, vaziyatlarni VAR orqali tahlil qilish va qayta ko‘rib chiqish kabi bir qator mavzular bo‘yicha ko‘nikmalar berib o‘tildi.

Mazkur darslarda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ham qatnashdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Zamonaviy futbolda VAR tizimi kundan kunga muhim o‘rin tutib bormoqda. Avvallari bu tizimsiz ham hakamlik amalga oshirilgandi, lekin futbol tobora jadallashib, rivojlanmoqda. Shu sababli VAR kabi texnologiyalar bugungi futbolning bir qismiga aylandi. Ilgari bu tizimni mamlakatimizda joriy qilishni boshlagan paytlarimiz ko‘pchilikda VARga ehtiyoj bormi, qabilidagi savollar paydo bo‘lgandi. Lekin yakunda ko‘rdikki, mazkur tizimni joriy qilish orqali bir nechta o‘yinlarda adolatning qaror topishiga erishdik” dedi Ravshan Ermatov.

Ma’lumot uchun, seminarda o‘zbekistonlik mutaxassislar Vladislav Tseytlin va Valentin Kovalenko yosh hakamlarga o‘z tajribalaridan kelib chiqib bir qator tavsiyalar berib o‘tishdi. Darslarda Superliganing yakunlangan mavsumidagi ayrim vaziyatlar ko‘rib chiqildi va VAR orqali ularni tahlil qilish borasida tushuntirishlar berildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 18:57, 20.12.2021.
O'qildi: 1019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик