Braziliyalik futbolchi Dani Alvesning «Barselona» safida rasmiy o‘yindagi debyuti sanasi ma’lum bo‘ldi.
Insayder Albert Rojerning so‘zlariga ko‘ra, Alves 5 yanvar kuni Ispaniya kubogi 1/16 finali doirasida «Linares»ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklar safida redebyut qiladi.
38 yoshli braziliyalik futbolchi «Barsa» bilan bir mavsumga uzaytirish sharti bilan olti oylik shartnoma imzolagan.
Bungacha u 2008 yildan 2016 yilgacha Kataloniya klubida o‘ynagan edi, shundan so‘ng «Yuventus», «PSJ» va «San-Paulu»da faoliyat olib bordi.