Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Anchelotti "Barselona"ni raqib deb hisoblamaydi

Anchelotti "Barselona"ni raqib deb hisoblamaydi

Baho:
+ | -

Anchelotti "Barselona"ni raqib deb hisoblamaydi

Papa Karlo nima qilayotganini biladi, shuning uchun u kataloniyaliklarni xushmuomalalik bilan masxara qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi:

Hozir "Barselona" bizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibimiz emas, chunki "Betis" yoki "Sevilya" kabi boshqa jamoalar bizga yaqinroq o‘rinda bormoqda.

Vaholanki, “Barselona” turnir jadvalida ko‘tarilish uchun hamma narsaga ega. Agar men ularning murabbiyi bo‘lganimda, hozir Xavini aytgan gapni gapirgan bo‘lardim.

Aytaylik, ispaniyalikning so‘zlariga ular Myunxenda "Bavariya" ustidan g‘alaba qozonishi kerak edi va endi u Yevropa Ligasida o‘ynaydi. Kataloniyaliklarda sakkizinchi o‘rindan kamida ikkinchi o‘ringa sakrash uchun hamma narsa bor, degan fikrga ham ye’tiroz bildirish mumkin. Chunki "Barselona"da sermahsullik yo‘q.

"Real Madrid" Benzema va Vinisiusning sa’y-harakatlari bilan 17 turda 39 ta gol urdi, "Zenit"ning Yevropa ligasi pley-off bosqichidagi bo‘lajak raqibi "Betis" 30 ta golga ega, "Atletiko" esa o‘n oltita o‘yinda 27 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hattoki "Rayo Valekano" ham "Barselona"dan ko‘proq gol urgan.

Kataloniyaliklar 16 o‘yinda atigi 25 ta gol urishgan. Ular golli vaziyatlarni yaratadilar, lekin amalga oshirish zaif. "Real Madrid"ning bergan zarbalaridan - 0,38, tasi golga aylangan. Grizmann va Suares va Felish to‘p tepayotgan "Atletiko"da bu ko‘rsatkich 0,36ni ko‘rsatmoqda. “Barselona” esa bu natija bilan ligasa bor-yo‘g‘i beshinchi o‘rinda va nafaqat “Sevilya”dan, balki “Granada”dan ham kam.

Messi bo‘lmasa, jamoada zarbasi beradigan bir kishi qoladi

Statistikaga nazar tashlamasangiz, bunga ishonish qiyin, lekin La Ligada "Barsa" bergan yetmishga yaqin zarbadan 22 tasini bitta odam yo‘llwgan. Gap jamoaning chempionatdagi 25 golidan 8 tasini kiritgan Memfis Depay haqida ketmoqda.

Qolaversa, Depay, Koutino va Fati triosida sof markaziy hujumchi yo‘q, niderlandiyalik futbolchi qanotda o‘ynashga moslashgan. Lyuk De Yong kabi hujumchilar esa zarba berishmayapti. Serxio Aguyero faoliyatini yakunladi va "Barselona"da tartib-intizom shu qadar zaifki, Usmon Dembele xayrlashuv matbuot anjumanida qatnashmadi.

Jamoa qishda hujumchi sotib olishi kerak, Xolandni esa faqatgina orzu qilish mumkin

Rayola mijozini Chempionlar ligasidan chiqib ketgan klubga o‘tkazmoqchi emas. Hatto “Zalsburg” ham norvegiyalik bilan nufuzli turnirda o‘ynagan. Albatta, Xavi faoliyati qoniqarli boshladi, deb bo‘lmaydi. “Betis”dan mag‘lubiyat, “Osasuna” bilan durang. Ammo ikkala jang ham Myunxendagi mag‘lubiyatdan farqli o‘laroq, bitta aniq zarba bilan o‘zgartirilishi mumkin edi.

Xoland kataloniyaliklar tarkibini bemalol kuchaytirishi mumkin edi, ammo bunday transfer uchun pul yetarli bo‘lmaydi. Agar Laporta nimadir o‘ylab topsa, u Pike, Alba, Buskes va barcha yon bosganlarning jahlini chiqaradi.

Balki Xavi hujumchi yaxshi uzatmalarga ega futbolchilar bilan oshirishga harakat qiladi. Ular Bernardeski, Olmo va hatto Aleksis Sanches variantini ham tilga olishdi. Biroq, ustuvor variantlar boshqacha. Kavani "Barselona"ga o‘tishga va bor-yo‘g‘i olti oylik shartnoma imzolashga tayyor. Lekin urugvaylik futbolchining sog‘lig‘ida surunkali muammolar bor, shuning uchun transfer dahosi Vudvord maydonga tushmaguncha, hech bir klub u bilan bog‘lanishga jur’at eta olmadi. Shuningdek, “Barselona” Gvardiolaning tarkibidagi yosh Torresni olib kelmoqchi.

"Barselona" Manchesterning boshqa jamoasi tarkibidagi Reshfordga ham qiziqish bildirmoqda. Chunki Markus Rangnikning sevimlisi bo‘lishi dargumon, u asosiy tarkibda muntazam o‘ynashni xohlaydi, "Barselona"da esa bunday imkoniyat bo‘ladi. Koutino "Nyukasl"ga ketishi mumkin, agent Dembeleni Bundesligaga qaytarishga harakat qiladi. "Bavariya" bo‘lajak erkin agentga baho bermoqda, chunki ular Komanning taqdiri qanday bo‘lishini bilmaydi. Depay va Fati qanotlarda o‘ynashi mumkin, keyin esa Reshford, Torres yoki Kavani markaziy hujumchi rolini bajaradi. Ko‘rib turganingizdek, nomzodlar ko‘p, chunki Xavining o‘zi yangi taktika ustida ishlamoqda.

"Barselona" hamon oqim bilan ketmoqda, ular Depayning zimmasiga juda katta vazifasini yuklamoqda. Ammo Memfis hech qachon Messi darajasidagi hujumchi bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. "Qizil iblislar"ning o‘zi zaif natijalar tufayli murabbiyni o‘zgartirdi va Premer-ligada birinchi o‘rindan uzoqda. Shuning uchun bu uchlik qaysi biridir qishda Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

"Barselona" hamma narsalarni bir vaqtda samarali va tez tartibga sololmaydi, chunki pul yo‘q, yangi g‘alabalar ham yo‘q. Balki Xavi Yevropa Ligasida g‘alaba qozonishi mumkin, ammo bu jamoa uchun kichik qadamdir.

Har qanday holatda ham "Barselona" Suaresni sotib yuborgandan so‘ng uning o‘rniga mos kela oladigan futbolchini topa olmadi. Messi esa umuman boshqa masala uning o‘rnini hech qanaqasiga bosib bo‘lmaydi. Axir bir kalendar yilida 91 ta gol urgan boshqa futbolchini ko‘rmaganmiz.

Xavi oldingi chiziqda o‘ynaydigan malakali jamoaga moslashmagan tarkibga ega bo‘ldi, ular Chempionlar ligasi guruh bosqichida atiga ikkita gol kiritishdi. Agar Depayda muammolar bo‘lsa, bahorda bu yanada qiyinlashadi, chunki murabbiyning didi qanchalik yaxshi ekanini qishki kelishuvlardan keyin bilib olamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:21, 21.12.2021.
O'qildi: 4497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.