Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"MYU" Akinfeevga qiziqish bildirgan

"MYU" Akinfeevga qiziqish bildirgan

Baho:
+ | -

Moskvaning SSKA klubi sobiq bosh murabbiyi Valeriy Gazzayevning fikricha, «harbiylar» darvozaboni Igor Akinfeev faoliyatini top-chempionatda davom ettirishga yaqin kelgan. O‘z vaqtida Akinfeevning oldida faoliyatini «Manchester Yunayted» klubida davom ettirish varianti turgan.

«Akinfeev xorijga chiqib ketishga juda yaqin kelgandi, unga «Manchester Yunayted» klubidan jiddiy qiziqish bo‘lgandi. Biroq, Igor – haqiqiy vatanparvar. O‘ylaymanki, uning faoliyati haqidagi qabul qilgan qarori juda to‘g‘ri bo‘lgan. Igor buyuk darvozabonlar qatoriga kirdi. Kim biladi deysiz, agar u xorijiy chempionatlarga yo‘l olganida faoliyati qanday yakun topardi», - dedi Gazzayev.

Igor Akinfeev butun futbolchilik faoliyatini Moskvaning SSKA klubida o‘tkazdi. 2021/2022 yilgi mavsumda u «harbiylar» tarkibida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Kiritildi: 23:27, 21.12.2021.
O'qildi: 1624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик