Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Hujumchilar hamrohi: chaplar*

Hujumchilar hamrohi: chaplar*

Baho:
+ | -

Futbol maydonida har bir jamoa a’zosining o‘ziga yarasha vazifasi mavjud. Ulardan birining yo‘qligi ham umumiy o‘yinga katta ta’sir o‘tkazadi. Yana shunday pozisiya egalari borki, ularning asosiy ishi himoyalanish bo‘lishiga qaramay, raqib darvozasiga yo‘l topishda ham faol ishtirok etishadi. Ular qarshi tomonning jarima maydoniga yon tarafdan xavf solib turadi. Bir so‘z bilan aytganda hujumchilar yordamchisi va hamrohidir. Bunday futbolchilarni biz qanot himoyachilari deb ataymiz. Quyida 2021 yilda eng yaxshi deb e’tirof etilgan chap qanot (left-backs) futbolchilari nomi keltiriladi.

Lyuk Shou – «Manchester Yunayted»

O‘yinlar: 46ta
Uzatmalar aniqligi: 85,7 foiz
Podkatlar: 55ta
Qutqaruv: 31ta
Dahlsiz darvoza: 11 marta

Lyuk Shou ovoz berish davomida «Barselona» futbolchisi Xordi Albani yengdi va ro‘yxatimizdan joy oldi. U bunga munosib. Chunki ushbu futbolchi yilning birinchi yarmini fantastik darajada o‘tkazgan edi. Angliya terma jamoasi a’zosi yillar davomida qiynagan ko‘plab jarohatlar iskanjasidan qutilib, o‘zini yorqin namoyon eta oldi. «MYU» o‘tgan mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlashida Lyukning xizmatlari katta bo‘ldi. Ha, u va uning jamoasi uchun yangi mavsumni unchalik ham omadli kechayapti deya olmaymiz. Ammo o‘tib borayotgan yildagi Shouning sa’y-harakatlari tahsinga loyiqdir.

Teo Ernandes – «Milan»

O‘yinlar: 40ta
Uzatmalar aniqligi: 82,9 foiz
Podkatlar: 42ta
Qutqaruv: 30ta
Dahlsiz darvoza: 8 marta

Ha, ko‘plar uchun bu nom kutilmagan bo‘lishi mumkin. Ammo «Milan» himoyachisi yil davomida boshqa o‘rindoshlariga qaraganda, raqib uchun katta xavf tug‘dira oldi. Yakuniga yetib qolay degan 2021 yilda dunyo futbolida faqatgina bitta himoyachi Ernandesdan ko‘proq gol urishga erishdi, xolos. Unda esa 5ta gol mavjud. Uning erishgan yutuqlari Fransiya terma jamoasiga chaqiruv olganida hamda u yerda mahsuldor o‘yin ko‘rsatganida o‘z aksini topadi. Aytgancha, aynan Teoning Millatlar ligasi yarim finalidagi goli (qo‘shib berilgan vaqtda) jamoasini keyingi bosqichga olib chiqqan edi. Qolaversa, Ernandesning himoyaviy ko‘rsatkichlari ham juda yaxshi. Xususan, u «Milan»ni YECHLga qaytarishda ko‘p ter to‘kdi. Shu sababdan uning nomi ro‘yxatdan joy ola bildi.

Juan Kanselu – «Manchester Siti»

O‘yinlar: 47ta
Uzatmalar aniqligi: 86,8 foiz
Podkatlar: 103ta
Qutqaruv: 75ta
Dahlsiz darvoza: 18 marta

«Man Siti»dagi birinchi mavsumidan keyin, ushbu futbolchi o‘zini butun dunyoga tanitdi. Hozirda u barqaror o‘yini evaziga Pep jamoasining o‘ta muhim figurasiga aylanib ulgurgan. Kanselu o‘zining qanotlardagi faolligi va moslashuvchan harakati bilan ajralib turadi. Portugaliya terma jamoasi a’zosi APLda fantastik natijalar ko‘rsatib, jamoasi bilan chempionlikka erishgan edi. Uning eng kuchli jihatlaridan biri, o‘ng oyoqdagi zarbasidir. Juan buni yaqinda «Nyukasl»ga qarshi bahsda yana bir bor isbotlab qo‘ydi. Ro‘yxat uchun mutlaqo mos futbolchi!

Alfonso Devis – «Bavariya Myunxen»

O‘yinlar: 42ta
Uzatmalar aniqligi: 87,5 foiz
Podkatlar: 77ta
Qutqaruv: 50ta
Dahlsiz darvoza: 7 marta

Devis mana ikkinchi yildirki, «Bavariya»dagi unumli futboli bilan hammani hayron qoldirishda davom etmoqda. Yozda Devid Alabaning «Real»ga ketishi, Devis uchun o‘zini yorqinroq ko‘rsatishga imkon berdi. U butun mavsum davomida o‘z jamoasining eng aniq pas uzatuvchisi bo‘lib qolmoqda (87,5). Shuningdek, yil mobaynida jamoadagi hech bir futbolchi undan ortiq muvaffaqiyatli podkatlar ijro etmagan (77 marta). Alfonsoning tezkorligi raqib himoyachilariga doimo muammo tug‘dirib keladi. Yaqindagina, 2018 yilda, o‘z yurti jamoasi «Vankuver Uaytkeps»da o‘ynab yurgan bolakay, uch yil ichida dunyo darajasiga chiqa oldi. Bu natija har qanday insonni hayratga solmay qo‘ymaydi.

Endryu Robertson – «Liverpul»

O‘yinlar: 41ta
Uzatmalar aniqligi: 84,4 foiz
Podkatlar: 44ta
Qutqaruv: 26ta
Dahlsiz darvoza: 10 marta*

Hatto, o‘tgan yilgi ro‘yxatda ham yetakchi sifatida e’tirof etilgan futbolchi, bu safar ham o‘z o‘rnida qoldi. Shotlandiyalik chap qanot himoyachisi Robertson APLga kelganidan buyon top darajaga erish oldi. O‘tgan mavsum futbolchi uchun murakkab kechdi. Biroq yangi mavsumda uning jamoasi yana yetakchi pozisiyada ko‘rinish bermoqda. Endryu «Liverpul»ning chap qanot mudofaasida mustahkam qalqondir.  Raqib uchun esa haqiqiy bosh og‘rig‘i sanaladi. U maydondagi har qanday vaziyatdan ogohligi bilan ajralib turadi. Robertson o‘ta barqaror o‘yin ko‘rsatadi va jamoasi uchun maksimum foydali harakat qiladi. Uning so‘nggi, «Tottenxem»ga qarshi bahsi fikrimizni yaqqol isbot etadi (1 assist, 1 gol). Shu sabab, biz va muxlislar uni ro‘yxatimiz g‘olibligi uchun munosib topdik.

Mana shunaqa gaplar. Butun yilning eng yaxshi «chaplar»i muxlislar tomonidan tanlab olindi. Biz esa uni sizga namoyish etdik, xolos...

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV  tarjimasi

Manba: 90min.com

* чаплар — ушбу сўз чап қанот ҳимоячиси яъни left-back маъносига ишора қилади

Барча статистик маълумотлар StatsPerform(www.statsperform.com) томонидан тақдим этилган. Ушбу натижалар футболчиларнинг 2021 йилнинг 1 январидан то 2021 йилнинг 30 ноябрига қадар бўлган давр ичидаги ҳаракатлари асосида шакллантирилган

Kiritildi: 23:36, 21.12.2021.
O'qildi: 1551 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.