Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Real»ga joriy mavsum La Ligada raqobatchi o‘zgargan

«Real»ga joriy mavsum La Ligada raqobatchi o‘zgargan

Baho:
+ | -

«Sevilya»ning joriy mavsum ko‘rsatayotgan o‘yini barchani hayratga solmoqda. Darhaqiqat, «Real»ning ishonchli o‘tkazayotgan uchrashuvlari muxlislarni bu safar La Liga bosh tituli sari ishontirayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq andalusiyaliklar ham ancha sifatli odim tashlamoqda. Bu esa Ispaniyada chempionlik intrigasi davom etayotganini bildiradi.

To‘g‘ri, «Real Madrid» La Ligada peshqadamlik qilmoqda, ammo Karlo Anchelotti jamoasi birinchi davrada hech qanday ta’sirchan va yalt etib turuvchi uchrashuv o‘tkazmadi. Prinsipial raqiblar «Barselona» va «Atletiko» jiddiy farq bilan ortda qolayotgan bo‘lsada, «qirollik klubi» munosib ta’qibchisiga ega - ha, bu - «Sevilya».

Agar Xulen Lopetegi shogirdlari bugun «Barselona»ni mag‘lub etsa, madridliklar bilan oradagi farqni 3 ochkogacha qisqartiradi. «Qaymoqranglilar» esa koronavirusdan aziyat chekayotgan bir paytda ertaga Bilbaoda «Atletik»ka qarshi qiyin o‘yinlardan birini o‘tkazishadi. Biroq bu yerda ochkolarni yo‘qotish xavfi juda ham yuqori va agar shunday bo‘lsa, u holda birinchi davra yakunida «Sevilya» mavsumni turnir peshqadamidan atigi 3 ochko farq bilan yakunlaydi. 

Bugun «Real Madrid» muxlislari «Barselona»ga muvaffaqiyat tilashlari kerak. Bu esa kamdan-kam uchraydigan holat. Chunki «qirollik klubi»ga ko‘proq «Sevilya»ning ochko yo‘qotishi muhimroq.

Darhaqiqat, «Sevilya» bu mavsum grand jamoalar bilan chinakam omadli va shu bilan birga irodali o‘yin ko‘rsatyotgani barchaga ma’lum. Lopetegi shogirdlari birgina «Real»ga qarshi uchrashuvda ochko yo‘qotishdi xolos. Jamoa «Vilyarreal» (1:0), «Atletik» (1:0) va «Atletiko» (2:1)ni mag‘lub etdi. Agar ular ushbu g‘alabalarga «Barselona» bilan bahs natijasini ham qo‘shsa, bu klubni chempionlikka nima uchun da’vogar deb aytmas ekanmiz?

Andalusiyaliklarni La Ligada tasodifiy tarzda chempionlikka da’vogar deb atab bo‘lmaydi. Bu shonli jamoa atigi bir marta 1946 yilda Ispaniya chempioni bo‘lgan. Ammo yaqin tarixda «Sevilya» doimiy ravishda o‘z mamlakatining eng kuchli jamoalari qatorida ko‘rilyapti, muntazam ravishda yevrokuboklarda qatnashib kelmoqda va 21 asrda olti marta UYEFA kubogi/Evropa ligasida g‘alaba qozonib tarixga kirdi. Ichki maydondagi muvaffaqiyatlar esa u qadar ko‘p emas. Ammo daho Monchi tomonidan sinchkovlik bilan yig‘ilgan jamoa yigirma yil davomida bir necha bor uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egalladi.

«Barselona»ga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan Xavi «Sevilya» bilan o‘yin arafasida raqib haqida so‘ralganda, quyidagi fikrlarni aytdi:

«Sevilya» o‘tgan mavsum chempion bo‘lishga yaqin kelgan edi va hozirda La Liganing ushbu mavsumida g‘alaba qozonish uchun ajoyib imkoniyatga ega. Men «Sevilya»ning hozir qanchalik yaxshi ekanini ko‘rib turibman, ular o‘zi qatnashadigan har qanday musobaqada, jumladan, La Ligada ham g‘alaba qozona oladi.

Andalusiyaliklar endi ulkan klubga aylandi, ular ajoyib tarkibga ega, ko‘p jihatdan boshqa jamoalar uchun, xususan, biz uchun katta sinov bo‘ladi. Qarang, jamoa qanday qilib futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqda?! Skautlar qanday ishlaydi? murabbiylar shtabi bu ishda qanday tuzilgan? Bu shubhasiz, eng yuqori darajadagi jarayon.

«Sevilya»ga hozir yangicha mentalitet kerak. Bu jamoa hozirgi mavqeyiga ko‘p yillik mashaqqatli mehnat orqali erishdi, ammo har doim keyingi qadamni qo‘yish kerak bo‘lgan vaqt bor. Unvonlar haqida ko‘p o‘ylamaydigan klubdan yaxshi bajarilgan ishi uchun ularni oddiy deb hisoblash xato», deydi Xavi.

Ko‘ramiz, bugungi muhim bahsda Lopetegi va uning jamoasi bildirilgan ishonchlarni oqlarmikin?

(onlayn hisob — 0:0, 30-daqiqa)

Kiritildi: 02:00, 22.12.2021.
O'qildi: 3327 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.