Italiya A Seriyasining 19-turida «Inter» o‘z maydonida «Torino» (1:0) jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Simone Indzagi boshchiligidagi "neraddzurilar" ketma-ket 7 marotaba g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati - 20:2. O‘tkazilgan yetti uchrashuvning oltitasida "Inter" o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Joriy mavsum «Inter»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 11 taga yetdi. Indzagi shogirdlari so‘nggi marta 16 oktyabr kuni «Lasio» (1:3) klubiga imkoniyatni boy bergandi.
Endi "Inter" A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini 6 yanvar kuni «Bolonya» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.