Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Asosiy tarkibga da’vogar “Barselona”ning 5 nafar tarbiyalanuvchisi

Asosiy tarkibga da’vogar “Barselona”ning 5 nafar tarbiyalanuvchisi

Baho:
+ | -

21-asrda “Barselona” La Masiadan kelgan kuchli futbolchilar bilan ko‘plar sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Kataloniya klubining yutuqlari ularning yordami bilan amalga oshirildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

So‘nggi yillarda “ko‘k-anorranglilar” akademiyasi futbolchi tarbiyalashda biroz natijalari pasayib ketdi. Shu sababdan boshqa klublardan o‘yinchilar sotib olmoqda.

Ammo, so‘nggi paytdagi “Barselona”dagi iqtisodiy inqiroz ularni yana o‘z akademiyasiga e’tibor qaratishga majbur qildi. Ularning ba’zilari allaqachon o‘z mevasini berishni boshlagan bo‘lsa, boshqalari asosiy tarkibdan joy olish uchun harakat qilmoqda.

Shu sabab, Kataloniya klubining eng istiqbolli besh nafar futbolchisi haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

 

Gavi

Pozisiyasi: yarimhimoyachi
Yoshi: 17 yosh

Gavi Kataloniya klubining asosiy iqtidori hisoblanadi. U asosiy klub tarkibda o‘nlab o‘yinlarda qatnashgan. 17 yoshli futbolchi hozirda jarohat olgan Pedrining o‘rnini to‘ldirmoqda.

Bosh murabbiy Xavi o‘z shogirdlariga ishonadi, chunki u Gavini ko‘p qirrali futbolchi deb biladi. Futbolchi pas berish orqali o‘ynashni yaxshi ko‘radi, qanot hujumida ham o‘ynay oladi, shuningdek, to‘p bilan ajoyib ishlay oladi.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike ham yosh bo‘lishiga qaramay, Gavini tarkibga kiritdi. 2021 yil oktabr oyida u milliy terma jamoada o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi.

Gavining “Barselona B” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi, ammo u allaqachon asosiy jamoa bilan shartnoma imzolashga tayyor.

 

Gonsales Niko

 

Pozisiyasi: yarimhimoyachi
Yosh: 19 yosh

Niko Serxio Busketsning potensial o‘rinbosari hisoblanadi. Ispaniyalik futbolchi himoyada to‘p bilan yaxshi muomala qilishni biladi, shuningdek, ajoyib pas ham beradi, bu himoyadan hujumga o‘tishda juda muhim.

19 yoshli futbolchi maydonga Gavi kabi shov-shuv bilan kelmadi, lekin uning o‘yini muxlislar tomonidan yuqori e’tirof etilishi aniq. Agar, Niko xuddi shu yo‘nalishda davom etsa, u dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanishi mumkin.

E’tiborlisi, Gonsalesning otasi “Deportivo” klubi afsonasi bo‘lgan. 11 yoshida yigitcha “Barselona” akademiyasiga ko‘chib o‘tdi va u yerdan bosqichma-bosqich kattalar jamoasiga o‘tdi.

Nikoning Kataloniya klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, ammo u “Barsa”dan yangi shartnoma olishiga shubha yo‘q.

 

Ezzalzuli Abde

Pozisiyasi: vinger
Yoshi: 20 yoshda

Abde La Masia tarbiyalanuvchisi emas, lekin u yosh bo‘lsa-da asosiy jamoada o‘zini namoyon qila oldi. Kataloniya klubi yozda marokashlikni “Gerkules”dan ikki million yevro evaziga sotib oldi.

Abdening kuchli tomoni shundaki, u to‘pni mohirlik bilan o‘zida saqlab turishni uddalaydi. 20 yoshli yigitning tezligini ham aytib o‘tish kerak.

Qayd etish joizki, Xavi uni bir necha bor o‘yinningg ilk daqiqalardanoq maydonga tushirdi. Shubhasiz, bu Abdega bo‘lgan ishonch va uning iqtidordan dalolat beradi. 

E’tiborlisi, Ezzalzuli yanvar oyida Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etadigan Marokash terma jamoasiga chaqiruv oldi.

 

Inyaki Penya

Pozisiyasi: darvozabon
Yoshi: 22 yosh

Penya — yosh va istiqbolli darvozabon. 2018 yildan boshlab u asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashdi, 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatiga Ispaniya terma jamoasiga chaqiruv oldi.

Inyaki darvozabon bo‘lsa-da, oyoqlari bilan ham yaxshi o‘ynashni biladi. Bu hozir har qanday darvozabon uchun muhim. Iqtidorli kiper uzatmalar orqali jamoaga tezkor hujum uyushtirish imkonini yaratib beradi. Zamonaviy futbolda bu muhim komponent hisoblanadi.

Ispaniyalik futbolchi “Barselona B” bilan shartnoma imzoladi, biroq u asosiy jamoaning uchinchi darvozaboni hisoblanadi. Agar kataloniyaliklar birinchi darvozabonlarni sotishga qaror qilsa, yaqin orada Penya o‘z imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin.

 

Alexandro Balde

Pozisiyasi: himoyachi
Yoshi: 18 yosh

Balde himoyaning chap qanotida o‘ynaydi va Jordi Albaning o‘rinbosari hisoblanadi. Alexandro yuqori tezlikka ega, himoyada ajoyib o‘ynaydi, maydonni yaxshi ko‘radi, bu esa jamoaga to‘pni egallashga va o‘yinni nazorat qilishga yordam beradi.

Hozirgacha Balde “Barselona” jamoasi tarkibida oltita o‘yin o‘tkazdi. Ammo, u jarohati tufayli mavsum boshini o‘tkazib yubordi. Kataloniyalik murabbiylar shtabi 18 yoshli futbolchiga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishi mumkin, chunki klubda ushbu pozisiyada o‘ynaydigan Albada yosh bilan bog‘liq muammolar bor.

 

Manba: isport.ua
Kiritildi: 22:05, 25.12.2021.
O'qildi: 6858 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.