Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Futzal: "Lokomotiv" darvozaboni bir mavsumda o‘nta gol urmoqchi

Futzal: "Lokomotiv" darvozaboni bir mavsumda o‘nta gol urmoqchi

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» futzal jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboyev 4-tur yakunlari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- 4-tur o‘yinlari haqida. Mavsumda ilk marta mag‘lub bo‘ldik. Keyin esa og‘ir o‘tishi kutilgan o‘yinda 11ta gol urdik.

- Ushbu turda o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadga erisha olmadik. Chempionlikdagi asosiy raqobatchimiz AGMKni mag‘lub etishni istagandik. Ushbu bahsdan to‘g‘ri hulosa chiqargan holda «Nasaf» bilan o‘yinga maydonga tushdik. Ruxiy va taktik tayyorgarlik yaxshi bo‘ldi. Shu orqali o‘yinimizni muvaffaqiyatli yakunladik.

- Ushbu mavsumda 2ta gol urdingiz. Mavsum yakunigacha nechta gol urishni istaysiz?

- Darvozabon bo‘lib, gol urish yoqimli holat albatta. Bu mavsumda 10ta gol urishni niyat qilganman. Nasib etsa, maqsad sari olg‘a boramiz!

- Qozog‘iston termasiga qarshi o‘yinda masalani hal qilgan golni urdingiz. Buni 1-o‘yinda Igitaning goliga javob deb ayta olasizmi?

- Qozog‘istonga qarshi ikkala bahs ham biz uchun muhim edi. Shu kunga qadar ulani mag‘lub eta olmagandik. Tarixni yangilashni astoydil istadik. Shukurki bunga erishdik ham. Albatta, golim orqali Igitaga javob berdim deb hisoblayman. Bunday ishni qilish bizning ham qo‘limizdan kelishini ko‘rsata oldik.

- Yangi yil tilaklaringiz.

- Kirib kelayotgan 2022 yil barchamizga quvonch, ulkan g‘alabalar, biz sportchilarga esa qo‘yilgan vazifalarni a’lo darajada yakunlab, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritish nasib qilsin. Doimo yurtimiz bayrog‘i va madxiyasi jahon arenalarida yangrayversin.

"Lokomotiv" matbuot xizmati

Manba: "Локомотив" матбуот хизмати
Kiritildi: 10:05, 26.12.2021.
O'qildi: 1443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик