Fransiyaning "Reyms" klubi himoyachi Endryu Gravillonning transferini to‘laqonli ravishda sotib oldi, deya xabar tarqatmoqda L`Union portali.
Futbolchi huquqiy jihatdan Italiyaning "Inter" klubiga tegishli edi, ijara asosida "Reyms" klubida o‘ynayotgandi. Gravillon "Reyms" klubi bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi.