«Verona» hujumchisi Nikola Kalinich yanvarda klubini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 33 yoshli xorvatning agenti Fali Ramadani uni «Lasio»ga taklif qilgan.
Manba bergan xabarga ko‘ra, rimliklar A Seriyaning 11 o‘yinida birorta ham gol ura olmagan Vedat Muriki ketgan taqdirda yangi hujumchi qidirib ko‘radi.
Ma’lumot uchun, Kalinich hisobida 9 ta o‘yinda 3 ta gol bor.