Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Eng kuchli markaziy zonaga ega jamoalar

Eng kuchli markaziy zonaga ega jamoalar

Baho:
+ | -

Quyida eng kuchli yarimhimoyachilarga ega bo‘lgan jamoalar haqida so‘z yuritamiz.

«Inter»

«Liverpul» Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida «Inter»ga to‘qnash keldi. Ushbu juftlikda «qizillar» favoritroqdek tuyulishi tabiiy. Biroq bugungi «Inter» markaziy zonasi bilan bemalol maqtana oladi.

Bu yerda shunchaki nomlarning o‘zigina katta tosh bosa oladi: Barella Yevropa chempioni, Brozovich - jahonning amaldagi vise-chempioni. Chalxanoglu aqlli jangchi. Darhaqiqat, Xoqon ayni paytda Eriksenning pozisiyasini to‘lig‘icha o‘ziniki qilib qo‘ydi. Bilasiz, Kristian yuragidagi mavjud muammolar sabab o‘yin amaliyotiga ega emas.

Turkiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 6 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Barellaning ham ko‘rsatkichlari chakki emas - 1 gol va 7 ta golli uzatma. Brozovich hujumda unchalik sermahsul emas, biroq u  raqibning o‘yinini buzish vazifasini ajoyib amalga oshiradi. «Inter»ning ushbu triosi bugungi g‘alabalar kaliti va mutlaqo mavsum yetakchilari qatoridalar. Shuningdek, zaxira o‘rindig‘i ham bemalol yuqorida tilga olingan sheriklari bajarayotgan ishlarni beto‘kis uddalashlari mumkin. Vidal, Vesino, Sensi va Galyardini A Seriyada o‘z mavqesiga ega kuchli pleymeykerlar sanalishadi. «Neradzurrilar» «Milan» va «Napoli»ning ikkinchi davradagi qoqilishlari hisobiga birinchi o‘ringa qaytishsa ajab emas.

«Chelsi» 

Kovachich «ko‘klar» markaziy zonasida nihoyatda muhim figura bo‘lib qolmoqda. Usiz Tuxel jamoasida xatoliklar ko‘p. Ayniqsa Chempionlar ligasidagi muhim uchrashuvlar Mateoga to‘la bog‘lanib qolgan desak adashmaymiz. Albatta, uni Kroos yoki Modrich bilan solishtirganda biroz kuchsizroq ko‘rinishi mumkin. Ammo, Kovachichsiz yangi mavsumda «Chelsi» maydon markazida kuchsiz ko‘rinib qoldi.

Qo‘shimcha ravishda, Kante va Jorjinyolar ham bor ekan, Tuxel shogirdlarini ushbu ro‘yxatdan pastroqqa joylashtirish uyatli bo‘lardi. Tuxel qurgan sxemada ayrim «buzilishlar» sodir bo‘lganini ham ta’kidlash joiz. Jumladan, Saulning jarohati tufayli Loftus-CHikka yetarlicha o‘yin amaliyoti berilgan edi. Biroq bu variant o‘zini oqlamadi. Shunga qaramay, Jorjinyo, Kante va Kovachichlar bor ekan, «Chelsi» yarimhimoya zonasidan xavotir olmasa ham bo‘ladi.

«Bavariya»

Nemislarning yarimhimoyasi borasida ko‘p gapirish mumkin. Hozirgi paytda Kimmix va Goretska uzoq vaqtdan buyon birga yuqori saviyadagi futbolni ko‘rsatishmoqda. Bunda ularga hech qachon «toza» hujumchi zarur bo‘lmagan. Kimmix uchun yaxshi bog‘lam vazifasini Myuller o‘tab beradi.  Ammo Goretska dekabr oyining boshidan beri soni bilan bog‘liq muammoga uchragan.

Yozua esa koronavirusga qarshi emlangan va hozir davolanmoqda. Ammo, u qaytib kelgach, zahiradagi Musiala, Tolisso va Rokalar raqobatiga jiddiy turib berishiga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay, hozirgi «Bavariya»da kadrlar bilan bog‘liq muammo yo‘q, vaziyat yaxshi. Jamoa ikkinchi o‘rindagi «Borussiya»dan 9 ochko oldinda.

«Real»

Modrich, Kroos, Kazemiro, Kamavinga va Valverdelar hozirda jahonning eng mukammal yarimhimoya chiziqlaridan birini hosil qilishgan. Tarkibda Ronaldu va Ramos bo‘lmasa ham jamoa ishonchli g‘alabalar qozonishni uddalayapti.

To‘g‘ri, Luka va Tonilarning yoshi o‘tib bormoqda, Kazemiro yaqinda o‘ttiz yoshga to‘ladi. Ammo bugungi «Real» o‘z vaqtida ularning o‘rniga kuchli nomlarni ham tarbiyalab bormoqda.

«Manchester Siti»

De Bryuyne, Rodrigo, Gyundogan va Bernardu Silvaning aynan bitta kamchiligi bor. Ushbu futbolchilar eng zo‘r bo‘lishiga qaramasdan, hech qachon Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishmagan. Zero,  bahorda bunga imkoniyat bor edi, biroq bundan unumli foydalanmadilar. Lekin gap hozirgi holat haqida ketyapti va «shaharliklar» joriy mavsum pley-offida «Real» bilan to‘qnash kelishgan.

«Siti»da Grilish va Foden bog‘lami De Bryuyne bilan ancha sermahsul ishlaydi. Silva yangi mavsumdan umuman chiroyli o‘yin ko‘rsatyapti, Gyundogan ham mukammal tartibdagi o‘yinchi. Ularda chempionlik ruhi bor. Bugungi «Siti»ning aynan ustun tarafi ham markazda. Solishtirish uchun: «Real Madrid» yarimhimoyachilari «qaymoqranglilar» yaqqol favorit bo‘lgan La Ligada 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Raqobat qiyinroq bo‘lgan Premyer-ligada esa «Manchester Siti» yarim himoyachilari 22 ta gol urishni uddalashgan.

Ko‘rinib turibdiki, Xosepning uslubi o‘ziga xos - ular natijadan tashqari ham mukammal futbol uchun harakat qilishadi. Pepning o‘yin uslubi tavakkal emas, balki bo‘g‘ib oluvchidir. Shunga ko‘ra, nemis jamoalariga o‘xshab ham ketadi. Gvardiola o‘zining yarimhimoyachilariga shunchalik ishonadiki, qishda hatto, markaziy hujumchi sotib olish niyatida emas.

Kiritildi: 22:34, 27.12.2021.
O'qildi: 3187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.