Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Vlahovich vakillari “Arsenal” bilan aloqaga chiqmayapti

Vlahovich vakillari “Arsenal” bilan aloqaga chiqmayapti

Baho:
+ | -

Italiyalik insayder jurnalist Janluka Di Marsio serbiyalik "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlahovichning kelajagi haqida ma’lumot berdi.

"Endi har bir klub Vlahovichni taklif qilish haqida o‘ylab ko‘rishi kerak, chunki u mashina, u aql bovar qilmaydigan darajada. U so‘nggi 12 oy ichida juda ko‘p yutuqlarga erishdi. Bundan tashqari, Vlahovich juda iqtidorli.

"Yuventus" uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo bu juda qiyin bo‘ladi, chunki uning agentlari ko‘p pul so‘rayapti. A Seriya klublari va xususan, "Yuventus" yozda unga raqobat qilish juda qiyin bo‘ladi.

Bilaman, Vlahovich chempionatni yakunlash uchun yozgacha “Fiorentina”da qolmoqchi. U “Fiorentina”ni Yevropa musobaqalariga olib chiqmoqchi. U "Fiorentina"ga Yevropa ligasi yoki Chempionlar ligasiga yo‘l olishiga yordam bermoqchi, garchi bu juda qiyin bo‘lsa-da. Vlahovich klubni tabassum bilan tark etishni istaydi.

Keyin hamma narsa loyihaga va qancha pul taklif qilinishiga bog‘liq. Masalan, uning agentlari “Arsenal” bilan gaplashishni ham xohlamaydilar. Ularning fikricha, "Arsenal" uning faoliyati uchun yetarli darajada emas. Ular Dushanga "Tottenxem", "Manchester Siti" yoki "Manchester Yunayted" ko‘proq mos keladi, deb o‘ylashadi.

Antonio Konte murabbiy bo‘lgan "Tottenxem" uning uchun to‘g‘ri tanlov. U Harri Keynni almashtirishi yoki hatto u bilan bir yil o‘tkazishi mumkin. Keyn bilan u yaxshilanishi mumkin edi. Menimcha, u Harridan ko‘p narsa o‘rganishi mumkin.

Menimcha, “Siti” Gvardiolaga kerak bo‘lgan hujumchilarning uslubi va harakati bilan Vlahovich uchun ayni damda to‘g‘ri taktik qaror bo‘lmaydi.

Menimcha, unga Antonio Konte boshchiligida yana bir qadam kerak. "Tottenxem" barcha pulni sarflaydimi yoki yo‘qmi, bilmayman, ammo bu klub Vlahovich uchun faoliyatining ushbu bosqichida to‘g‘ri variant bo‘lishi kerak", - dedi jurnalist.

Kiritildi: 01:38, 28.12.2021.
O'qildi: 1486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.