Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Yozda erkin agentga aylanadigan Belotti uchun asosiy davogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

Yozda erkin agentga aylanadigan Belotti uchun asosiy davogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Torino" hujumchisi Andrea Belotti yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Futbolchi "buqalar" bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti va faoliyatini davom ettirish uchun bir qator variantlar mavjud, deb xabar beradi Calciomercato.

Manbaga ko‘ra, Belottiga "Milan", "Inter", "Napoli", "Atalanta" va "Fiorentina" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu klublarning har biri Andreani tekinga qo‘lga kiritish imkoniyatidan foydalanmoqchi.

28 yoshli Belotti 2015 yilning yozidan buyon "Torino"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda italiyalik hujumchi ichki chempionatning 9 o‘yinida ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 35 million yevroga baholamoqda.2021 yil yozida Belotti terma jamoa safida Yevropa chempioni bo‘ldi. “Torino” Italiya A seriyasining 19-turida 25 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 02:14, 28.12.2021.
O'qildi: 1636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.