Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Futbol menejmenti «qirolichasi»

Futbol menejmenti «qirolichasi»

Baho:
+ | -

Marina Granovskaya - futbol olamidagi kamsonli ayol rahbarlardan biri. U intervyu berishni yoqtirmaydi, do‘stlar davrasida uni sinfdosh dugonalari bilan ko‘rish mumkin. Kamgaplik - menejer uchun eng to‘g‘ri yo‘l. «No‘noq kardinal»ga xos salbiy sifatlarni yashirib turadi.

Hayoti davomida Moskva davlat universitetining xorijiy tillar fakultetida tahsil olgan, Kanada fuqaroligini qabul qilgan va neft tarmog‘ida faoliyat yuritgan moskvalik ayol anchadan beri Roman Abramovich bilan hamkorlik qilmoqda. Boz ustiga, ko‘pchilikni ajablantirgan holda, u «Chelsi»ning bosh rahbariga aylandi. Marina Vladimirovna o‘z kasbdoshlariga nisbatan ancha yosh. Bundan tashqari, o‘ta ziqna va qattiqqo‘l savdogar erkaklar sohasida ishlaydi. Angliya futbolidagi 200dan ortiq direktorlar orasida atigi bir nechta ayolni uchratish mumkin. Ularning aksariyati klub sohiblarining qizlari yoki rafiqalari.

APL klublari orasida faqat ikki nafar ayol rahbarning ta’sir doirasi Granov-s­kayaning ko‘lamiga yaqin. Lekin Marina «Chelsi»ni bevosita o‘sha yerning o‘zida boshqaradi, 2013 yildan beri mustaqil ish yuritmoqda. Xullas, o‘ta murakkab sohadagi vazifasini aksariyat erkak kasbdoshlariga nisbatan muvaffaqiyatli ado etmoqda.

Agentlar haqida gapirmasak ham bo‘laveradi - futbolda bu ayolni hamma aldab ketishi taxmin qilingandi. Marinaning De Laurentis bilan munosabati faoliyatini yaqqol ifodalab beradi. Granovskaya Kavaniga xaridor bo‘lib Italiyaga borganida, «Napoli»ning sulloh sohibi uni achchiq kinoya bilan qarshi oldi. Ya’ni, De Laurentis «Marina, Marina, Marina» naqorati bilan boshlanadigan italiyalik qo‘shig‘i bilan kutib olgandi. Qo‘shiqda qo‘polliklar yo‘q, oshiq yigitning go‘zal ayolga muhabbati va uylanish orzusi bayon etilgan. Biroq 2013 yilda «Napoli» sohibi Marinaga nisbatan sovuqqon munosabatda bo‘lgandi.

Oradan yillar o‘tgan bo‘lsada, «Napoli» uchun «A» seriya chempionligi hamon orzu bo‘lib qolmoqda, Granovskaya esa rasman «Chelsi» rahbari maqomida 7ta nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Vaholanki, u Mourinyo davrida ham zafarlarga erishgandi. Keyinchalik, Marina aynan o‘zi istagan pallada «Napoli»dan Jorjinyoni xarid qildi. Boshqalarning takabburligi ko‘pincha unga yordam beradi.

Granovskaya hozirgacha obro‘siga dog‘ tushirmagan. Bu savdo olami uchun kam uchraydigan holat. Erkak direktorlardan farqli o‘laroq, u doimo so‘zidan qaytmaydi, yolg‘on gapirmaydi. Kasbdoshlari muzokarani cho‘zib yurganlarida, Marinaning rejasi qisqa vaqt ichida ro‘yobga chiqadi. Yetarli dalillar bo‘lmasa, uni o‘z fikridan qaytarishning iloji yo‘q. Qahramonimizning uslubi naf bermoqda, erkaklar ruhiyatini mukammal o‘zlashtirgan.

 

«Chelsi»ni «Liverpul» va «Manchester Siti»ga yaqinlashtirdi

Marina Vladimirovnaning ishbilarmonligini Azar transferidan yaqqol bilib olish mumkin. Edenning yuksak sport formasida va jamoaga kerak bo‘lgan pallada «Real»ga o‘tish istagini qondirishmadi. Klubdagilar u bilan xayrlashish payti kelganligini sezganlarida, soddadil Peres jarohatlar bo‘sag‘asida turgan yigit uchun 160 mln. yevrodan voz kechdi.

Yo‘q xislatlarni to‘qib-chatish fikridan yiroqmiz, biroq Granovskaya uchun ideal obraz tayyor. Jumladan, uning ayol ekanligi va tashqi qiyofasi uchun. Unga oid barcha materiallar «qiziqqon» iborasi orqali boshlanadi. Allaqachon tashkil topgan muxlislar klubida uni qirolicha sifatida ulug‘lashadi. Insoniyat go‘zallikni yoqtirishi - bor gap. Agar bu sifatga aql jo‘r bo‘lsa, ikki karra yaxshi. Lekin chinakam Granovskayani bilib olish ortiqchalik qilmaydi. «Chelsi» ayollar jamoasi bilan tushgan suratda Marinaning yuzida samimiy tabassum aks etgan, u Gollivud obrazidan keskin farq qiladi.

Tabiiyki, «Chelsi» rahbari me’yordan chiqmaydi. U ataylab shunday qilyaptimi yoki tasodifanmi, nima bo‘lganda ham, Marina o‘z rolini a’lo darajada ado etmoqda. Bosimni tushunib turibdi. Agar Verner va Lukaku tez orada gol urishni boshlab yuborishmasa, ularni xarid qilgan Granovskaya tan­qidlar ostida qolishi aniq.

Marina Yevropaning 2021 yildagi eng yaxshi futbol menejeri unvoniga sazovor bo‘lganidan ke-yin, «Chelsi» fanatlari uni tabriklash o‘rniga Ryudigerning shartnomasi muddatini uzaytirishni talab qilishdi. Antonio binoyidek to‘p surmoqda, muxlislar esa menejer ayolni asossiz ranjitishdi. Axir Granovskaya klubning ichki holatidan yaxshi xabardor. Futbolchining istagini yaxshi biladi, jamoa qarzlarini yarim milliardga kamaytirdi, oldi-sotdi va ijara jarayonlarida daromad keltirmoqda.

Marina Vladimirovna «ko‘klar»ga moslashib olgan, jamoa uchun Klopp va Gvardiola uslublaridan farq qiladigan usulda o‘ynaydigan futbolchilar kerakligini biladi. Uning o‘tgan yildagi xaridi jamoani YECHLdagi zafarga olib keldi. Vaholanki, mavsum yarmida uni shubhali o‘yinchilarni olib kelganlikda ayblashgandi. Endi Saul va Lukakularni «chaynashmoqda», Kurtua o‘rniga Kepani olib kelgani uchun tosh otishmoqda. Biroq darvozabon o‘z vaqtida muhim penaltilar seriyasida g‘olib chiqdi, Niges shunchaki, ijarada, Romelu esa hali o‘zini ko‘rsatadi.

 

Futbolchilarni tanlash ustasi

Tarkibni to‘ldirish borasida Granovskaya intuisiyaga tayanib ish yuritadigan mutaxassisga o‘xshamaydi. Gumanitar fanlarni o‘zlashtirgan ziyoli kishi matematiklar kabi fikr yuritadi. Marina Vladimirovna futbolchilarni o‘ziga xos uslubda baholasa kerak. Misol uchun, N~Golo Kantega hech kim ishonch bildirmaganda, faqat Marina uning porloq kelajagiga shubha qilmadi. «Chelsi»ning YECHL «pley-off»-idagi g‘alabasini kim ta’minladi? Albatta, Kante.

Granovskayaning genial yechimi natijasi. Menejerning farqli jihati shuki, uning aralashuvi bilan o‘ta yirik omadsizlik tez orada muvaffaqiyatga aylanadi. Marina Vladimirovnaning tashabbusi bilan amalga oshirilgan Lempardning iste’fosi va sport direktori bilan kelisha olmay qolgan Tuxelning «PSJ»dan olib kelinishi eng to‘g‘ri qaror ekanligiga ko‘pchilik ishonmagandi. Granovskaya Tomasni Dortmunddan olib kelib, yangi rejalarni ishlab chiqdi. Tuxel - maqtovni ham, tanqidni ham ko‘tara oladigan quvnoq yigit. Yozda u Jyul Kundeni olib kelmaganligi uchun Granovskayani tanqid qilgandi, lekin vaziyatdan chiqib ketishga va’da bergandi. Amalda u va’dasini bajardi. Chaloba risoladagidek to‘p sura boshladi, Ryudiger ham o‘z o‘yinini topib oldi.

Menejer irim-sirimlardan umid qilmaydi, u ulkan kirim-chiqimlar olami vakilasi. Oldi-sotdilar bobida u «Liverpul»dagi «vahshiy»larni ham ortda qoldirdi. Abramovichning murabbiylarni tez-tez almashtirishiga ko‘nikib qolgan direktor doimo navbatdagi iste’foga tayyor turadi. Klub shu paytgacha shartnomasi barvaqt bekor qilingan murabbiylarga 100 mln. funtdan ko‘proq tovon puli to‘ladi. Biroq bir qator nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritdi va sezilarli inqiroz holatidan «Arsenal» yoki «MYU»ga nisbatan tezroq chiqib ketdi. Yaqin o‘tmishda nisbatan qoloq jamoa bo‘lgan «Chelsi» Granovskaya davrida o‘zgardi. «Ko‘klar» - iste’molchilar jamoasi, unda barqaror taraqqiyotni yo‘lga qo‘yish oson emas. Yetakchi futbolchilar o‘yinidagi pasayishlar esa an’ananing bir qismiga aylandi. Marina Vladimirovnaning makkorona manyovrlari evaziga jamoa murakkab vaziyatlardan chiqib olyapti.

E’tiborli jihati shundaki, Zaxavi, Rayola va Mendesh kabi ustomon agentlar u bilan hamkorlik qilmaslikni afzal ko‘rishmoqda. Hozir «Chelsi»da bu nomdor vositachilarning mijozlari yo‘q. Xullas, yuksak salohiyatini bir necha marta namoyish etgan Marina Vladimirovna Granovskaya YECHL g‘olibasiga aylangan yil nihoyasida qit’aning eng yaxshi menejeri unvoniga loyiq topildi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:09, 28.12.2021.
O'qildi: 3658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.