"Everton" va "Nyukasl" o‘rtasidagi bahs noma’lum muddatga qoldirildi.
"Nyukasl" rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Angliya chempionati 20-turidan o‘rin olgan o‘yin "hakkalar" safida koronavirus tarqalishi va ko‘plab jarohatlar sabab boshqa muddatga qoldirilgan.
Ma’lumot uchun, "Everton" - "Nyukasl" uchrashuvi 30 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:30da bo‘lib o‘tishi kerak edi. Uchrashuvning yangi sanasi keyinroq aniqlanadi.